Oscar Threlkeld




Oscar George Threlkeld (1994-yil, 15-fevralda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi, „Bradford City“ klubidan ijara asosida „Oldham Athletic“ jamoasida oʻynaydi.

Dastlab markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynagan Threlkeld, keyinchalik toʻliq himoyachi yoki yarim himoyachi sifatida ham oʻynagan.

Klubdagi faoliyati



Bolton Wanderers



Threkleld Bolton Wanderers akademiyasidan oʻtgan va 2014-yilning 26-aprelida „Sheffield Wednesday“ klubiga qarshi safarda 3:1 hisobida jamoa bilan gʻalaba qozongan oʻyinda jamoasi safida debyut qilgan. 2015-16-yilgi mavsum oxirida klub uning shartnomasi iyun oyi oxirida tugashi bilan ketishini tasdiqladi.

Plymouth Argyle



2015-yilning 27-avgustida Threlkeld Plymouth Argyle klubi tomonidan 2-yanvargacha ijaraga olindi. U klubdagi debyutini AFC Wimbledon klubiga qarshi 3:2 hisobida gʻalaba bilan yakunlangan oʻyinning 83-daqiqada Gregg Wylde oʻrniga maydonga tushdi. U faoliyatidagi ilk golini 2015-yilning 21-noyabrida „Devon“ derbisida „Exeter City“ klubiga qarshi o‘yinda (2:1) kiritdi. Threlkeldning ijara muddati 2016-yilning yanvarida tugadi, biroq zudlik bilan mavsum oxirigacha uzaytirildi. Uning ijara shartlariga koʻra, u oʻsha mavsumda „Argyle“ safida pley-offda maydonga tusha olmasdi.

Threlkeld Bolton tomonidan qoʻyib yuborildi va 2016-yil, 2-iyulda Argyle klubi bilan doimiy shartnoma imzoladi. Mavsum oxirida Argyle klubi EFL ikkinchi ligasida ikkinchi oʻrinni egalladi, Threlkeld klub safida ikkita gol urdi: birinchisi mehmonda Morecambe klubiga qarshi 2:1 hisobida yakunlangan oʻyinda va ikkinchisi uyda Crawley Town klubiga qarshi 2:0 hisobida jamoasini gʻalabasi bilan yakunlagan oʻyinda.

2017-18-yilgi mavsumda Threlkeld 26 ta oʻyinda maydonga tushdi, ammo Argyle klubiga Birinchi liganing pley-offiga chiqish uchun uch ochko yetmay qoldi.

Waasland-Beveren



2017-18-yilgi mavsum oxirida Plymouth Argyle unga yangi shartnoma taklif qildi, lekin u taklifni rad etib, Belgiyaning birinchi divizioni A vakili Waaslend-Beveren klubi bilan uch yillik shartnoma imzolashni tanladi.

Threlkeld Beveren safidagi debyutini 2018-yilning 3-avgustida "Standard Liege" klubiga qarshi 0:0 hisobida durang bilan yakunlangan oʻyinda o‘tkazdi.

Argyle klubiga qaytish
2019-yil, 8-yanvarda Threlkeld mavsum oxirigacha qisqa muddatli shartnoma asosida Plymouth Argyle klubiga qaytdi va mavsum tugagach, u Beveren klubiga qaytishga qaror qildi.

Salford City



U 2019-yilning 3-iyunda „Salford City“ klubiga ikki yillik shartnoma asosida kelib qo‘shildi. U Salford safidagi birinchi golini 2019-yil, 12-noyabrda Tranmere Rovers klubiga qarshi EFL Trophy doirasidagi oʻyinda kiritdi. 2020/21-yilgi mavsum yakunida uning klubni tark etishi malum boʻldi.

Bradford City



2021-yil, 20-iyun kuni Threlkeld klub bilan shartnoma muddati tugaganidan keyin Bradford City klubiga oʻtishga rozi boʻldi va 2021-yilning 1-iyulida rasman klubga qoʻshildi.

U 2022-yil avgustida „Oldham Athletic“ klubiga ijara asosida qoʻshildi.

Faoliyat statistikasi



2021-yil, 10-aprel holatiga ko'ra

Yutuqlari



Plymouth Argyle

Salford City

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz