Osbaldo Lastra
Osbaldo Lupo Lastra García (talaffuzi: Osvaldo Lupo Lastra Garsiya; 1983-yil 12-iyun kuni Ekvadorning San-Lorenso shahrida tugʻilgan) — ekvadorlik futbolchi, yarim himoyachi. U Ekvador terma jamoasida oʻynagan. U Libertadores kubogi va toʻrt karra mamlakat chempioni hisoblanadi.
Klublardagi faoliyati
Lastra García professional faoliyatini „Sociedad Deportiva Aucas“, „Deportivo Técnico Universitario“, „Deportivo Azogues“ va „Social y Deportivo Macará“ futbol klublarida oʻynab boshlagan. Shu bilan bir qatorda, 2013-yil boshida Osbaldo Lupo „Emelec“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. 28-yanvar kuni Ekvador A Seriyasida sobiq klubi „Social y Deportivo Macará“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u asosiy tarkibda debyut qilgan. Shuningdek, 22-sentabr kuni „El Nacional“ futbol klubiga qarshi bahsda Lastra García „Emelec“ futbol klubi safidagi birinchi golini urgan. Jamoa tarkibida u ketma-ket uch marta Ekvador chempioni boʻlgan. Hamda, 2017-yilning 11-avgust kuni Osbaldo Lupo Libertadores kubogi doirasida argentinaning „San-Lorenzo“ futbol klubiga qarshi o‘yinda gol urgan. Oʻsha yili u toʻrtinchi marta mamlakat chempioni boʻlgan.
2019-yil boshida Lastra García Guayakilning „Barcelona“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. Hamda, 10-fevral kuni „El Nacional“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan. Mavsum oxirida Osbaldo Lupo erkin agentga aylangan.
Xalqaro faoliyati
2015-yil 29-mart kuni Meksikaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Lastra García Ekvador terma jamoasi safida debyut qilgan. Oʻsha yilning yozida Osbaldo Lupo Chilida boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Chili va Meksika terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.
Statistika
Manbalar
uz.wikipedia.org