Orzugul Boboxoʻjayeva
Orzugul Boboxoʻjayeva (1985-yil Toshkent, Oʻzbekiston) — Tokyoning Setagaya okrugidan deputat etib saylangan ilk oʻzbek siyosatchi, tadbirkor.
Hayoti
Yoshligi
Orzugul Boboxoʻjayeva 1985-yilda Toshkentda dunyoga kelgan. U 1948 — 1952-yillarda Oʻzbekiston SSR Tashqi ishlar vaziri boʻlgan Abdusamad Boboxoʻjayevning nabirasi hisoblanadi. Onasi tomonidan singillari bilan birga otasiz tarbiyalangan. Yapon tiliga qiziqishi 13 yoshidan boshlangan. U 14 yoshida Toshkent davlat sharqshunoslik institutining yapon filologiyasi yoʻnalishiga oʻqishga qabul qilindi.
Oʻzbekistondagi faoliyati
14 yoshidan mehmonxonada qabul maʼmuri hamda yapon tili boʻyicha tarjimon boʻlib ishlagan. Keyinchalik gidlik faoliyati bilan ham shugʻullanib, tajriba orttirgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org