Ortiqov Abdurahmon




Ortiqov Abdurahmon (1918.15.12, Toshkent) — faylasuf olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1979), falsafa fanlari doktori (1967), professor (1968). 1945-50 yillarda Oʻrta Osiyo universitetida katta oʻqituvchi, ayni vaqtda "Qizil Oʻzbekiston" gaz.da boʻlim mudiri. Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida katta oʻqituvchi, dotsent (1950—56). 1956—2003-yillarda Toshkent politexnika instituti (ToshTU)da falsafa kafedrasi mudiri, professor Ilmiy ishlari din tarixi va hurfikrlilik, axloq, ijtimoiy falsafa mavzulariga bagʻishlangan. "Shuhrat" medali bilan mukofotlangan (1994).

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz