O`rtaovul




Oʻrtaovul — Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi shaharcha (1974-yildan). Transport yoʻli stansiyasi. Tuman markazi Eshonguzar shaharchasidan 16 km janubida. Aholisi 17,2 ming kishi (2004). Goʻsht kti, avtokorxona, qurilish tashkilotlari, xususiy, qoʻshma korxonalar, mikrofirmalar, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, madaniyat uylari, klub muassasalari bor. Toshkent — Chinoz, Toshkent — Yangiyoʻl va boshqalar yoʻnalishlardagi avtobus va marshrutli taksilar Oʻrtaovul hududidan oʻtadi. Oʻrtaovuldan Toshkentga marshrutli taksilar qatnaydi.



uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz