Oʻrtachashma




Oʻrtachashma — Qirgʻiziston Respublikasi Botken viloyatining gʻarbidagi daryo. Uz. 25 km, havzasining maydoni 229,3 km. Turkiston tizmasining shim. yon bagʻridagi Turo dovonidan 1,5 km shim.gʻarbda joylashgan Dukenek muzligidan (3700 m balandlikda) boshlanadi. Chap irmogʻi boʻlgan Oqgubek jilgʻasi quyilgungacha Dukenek (qishloq nomi) deb ataladi. Muz va qor suvlaridan toʻyinadi. Quyilish joyida oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 3,90 m3/sek. Toʻlinsuv davri aprel — sentabrda. Eng koʻp sutkalik suv sarfi iyul — avgust.



uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz