O'rta Ural Tog'i




Oʻrta ural togʻi — Ural togʻlarining eng past qismi. 56° va 59° shahri k.lar orasida. Shimolida Ostyanka togʻi, jan. da Ufa daryosining kenglik boʻylab yoʻnalgan vodiysi bilan chegaralangan. Balandligi 250–500 m, shimolida eng baland joyi 994 m (Oʻrta Baseg togʻi). Oʻ.Oʻrta ural togʻi gersin burmalanishida shakllangan yirik antiklinaldir. U mezozoy davrida yemirilgan va hozirgi balandligiga yangi tektonik harakatlar taʼsirida koʻtarilgan. Asosan, gneys, amfibolit, kvarsit, ohaktosh va qumtoshlardan hosil boʻlgan. Relyefi yassi tepaliklardan iborat, gʻarbiy yon bagʻrida karst rivojlangan. Daryolari Volga va Ob havzalariga mansub. Koʻllar bor. Ignabarglilar va oq qayin togʻterak oʻsadi. Foydali qazilmalarga boy (yanaq. Ural).



uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz