O`rta Tunguska
Toshloq tunguska (Yuqori qismida — Katanga), Podkamennaya Tunguska, Chulakan, Oʻrta Tunguska — Rossiya Federatsiyasi, Krasnoyarsk oʻlkasi va Irkutsk viloyatidagi daryo. Yeniseyning oʻng irmogʻi. Uzunligi 1865 km, havzasining maydoni 240 ming km². Angara togʻ kryajidan boshlanadi. Yuqori oqimida vodiysi keng, quyi oqimida tor, oʻzanida bir qancha sayozlik va ostonalar uchraydi. Kor, yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyinadi. Okt. oxirida muzlab, may oyi oʻrtalarida muzdan boʻshaydi. Oʻrtacha suv sarfi quyilish joyida 1750 m³/sek. Asosiy irmoklari: oʻngda — Tetere, Chunya; chapda — Kamo, Velmo, 1146 km masofada kema qatnaydi. Toshloq Tunguska boʻyida Vanavara, Baykit, Podkamennaya Tunguska aholi punktlari joylashgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org