O`rta dengiz geosinklinal mintaqasi
Oʻrta dengiz geosinklinal mintaqasi — Yerning asosiy harakatchan zonalaridan biri boʻlib, kechki tokembriy va fanerozoy mobaynida rivojlangan. Mintaqa umumiy keng yoʻnalish boʻylab choʻzilib, Atlantika okeanidan Tinch okeangacha: Markaziy va Janubiy Yevropani, Shimoliy va Gʻarbiy Afrika (Magʻrib), Oʻrta dengiz, Kavkaz, Osiyo gʻarbi, Pomir, Tibet, Himolay, Hindixitoy yarim orol va Indoneziyani qamrab olib, shu yerda Tinch okean geosinklinal mintaqasi bilan tutashgan. Oʻrta va Markaziy Osiyoda Oʻrta dengiz geosinklinal mintaqasig.m. UralOxota mintaqasi bilan, Britaniya o.lari rayonida Shimoliy Atlantika mintaqasi bilan deyarli yondashgan. Etap oʻrtacha masshtabdagi burmalanish, metamorfizm va granit hosil boʻlishi bilan yakunlangan. Paleozoy va mezozoy yakunlarida Oʻrta dengiz geosinklinal mintaqasig.m. oʻrnida juda katta Tetis okeani paydo boʻlgan.
uz.wikipedia.org