O‘rta asrlarda hind jamiyatining rivojlanishi




O‘rta asrlarda hind jamiyatining sekin rivojlanishi tarixni davr­lashtirishni murakkablashtirgan. Qadimgi Hindistonda feodal tuzumni eslatuvchi ba’zi ijtimoiy institutlarni topish mumkin: yirik xususiy yerga egalik, dehqonlarni ekspluatatsiya qilish, Hindistonga xos bo‘l­gan kastalarga bo‘linish, quldorlik munosabatlari nafaqat o‘rta asrlarda, balki keyinchalik ham mavjud bo‘lgan.

O‘rta asrlar Hindiston tarixining shartli chegarasi 5-7-asrlar bo‘lgan. Mamlakat siyosiy tizimidagi tub o‘zgarishlar yirik impe­riyalarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq edi.

O‘rta asr Hindistoni siyosiy jihatdan tarqoq edi. Bu tarqoqlik to‘xtovsiz urushlar, yirik davlatlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Guptlar imperiyasi o‘rniga barpo bo‘lgan Xarsh imperiyasi bor-yo‘g‘i 40 yil mavjud bo‘lgan.

5-6 asrlarda Hindistonning shimoliy g‘arbiy qismiga oq xun va gurjarlar qabilalari ko‘chib kelgan. Ular Sind, Rojasxon, Gujarotda joylashadilar. Madaniy rivojlanishning yuqoriroq bosqichida turgan mahalliy aholi bilan bosqinchilarning aralashib ketganligi natijasida bu yerda yangi kasta, ya’ni harbiy-er ega−rajput kastalari paydo bo‘ladi. Ular dastlab Gujarotda knyazlik, keyinchalik, 8-asr boshida Pratixarlar davlatini barpo etadilar.

Hindistonning janubida ko‘p sonli qabilalar yashagan. Bu mintaqa shimoldan ortda qolgan, biroq bu yerda ham mustaqil davlatlar – knyazliklar paydo bo‘lgan. Masalan, 3−4-asrdayoq, Palavlar davlati shakllanadi. 7-asrda Maxarashtraning janubiy qismida Chalukya knyazligi, 9 asrda esa ma’lum davr butun janubiy Hindistonni nazorat qilgan Cholov knyazligi shakllanadi. Bu knyazlik ma’lum payt butun janubiy Hindistonni nazorat qilgan. 12−10-asrlar qat’iyatli kechgan o‘zaro kurash Hindistonning shimoliy qismiga musulmon bosqin­chilarining kirib kelishini ahamiyatli darajada yengillashtirdi. O‘sha davrdagi Hindistonning bosh jangari kuchi bo‘lgan Rajputlar ustidan g‘alaba qozonib, ularni bo‘ysundirib musulmon bosqinchilari egallab olgan hududlarida Dehli saltanatini (1206–1526) tashkil qilganlar, keyinchalik esa uning o‘rniga buyuk Mo‘g‘ullar imperiyasi kelgan (1526–1707).

Siyosiy tarqoqlikka qaramasdan, 5–7-asrlarda Hindistonda muhim jarayonlar bo‘lgan. Ular mamlakat tarixida bu davrni alohida ajratib ko‘rsatishga asos bo‘la oladi. Bu jarayonlar, avvalambor, barcha siyosiy o‘zgarishlarda saqlanib qolgan va ichki qayta qurishlarga qaramasdan, doimo mavjud bo‘lgan varna tizimi bilan bog‘liq edi. Hindiston hududining katta qismida shimol ta’siri hisobiga keng hind – buddaviy sivilizasion hududning tashkil qilinishi, hindlarning diniy, madaniy ongini o‘sishi bilan bog‘liq edi. Barcha omillar asrlar davomida, etnik tarqoqlik va davlatda yaxlitlik bo‘lishiga qaramasdan muhim omil bo‘ldi.

1-asrlardan boshlab dehqon jamoalarini soliqqa tortish jarayoni kuchadi. Xususiy yer egaligining o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lgan feodal ekspluatatsiyaning shakllari ko‘paydi. Hind jamiyatining tabaqa­lashuvini tezlashtiruvchi omillar dehqonlar o‘rtasida mulkiy farqning chuqurlashuvi, hukmdorlar tomonidan oliy kasta vakillariga xususiy yoki guruh tarzida egalik qilish uchun yerlarni hadya etish hamda dehqonlarni ekspluatatsiya qilishga huquq va imtiyozlar kuchaydi. O‘sha davrda hinduizm ehromlari va buddaviy monastirlarning yer-mulki, asosan, hadyalar hisobiga ko‘paydi. Ehrom va monastirlarga dehqon, yollanma ishchi, qullar jalb etilib, ekspluatatsiya qilindi.

Davomli urushlar oqibatida yerlar qayta taqsimlandi. Bu esa varna kasta tizimiga bevosita ta’sir o‘tkazdi. Varnalarning eski tizimi saqlanib qoldi, ammo ular ham o‘zgarmay qolmadi. Etnik va kasbiy guruhlar, jangchi bosqinchilar sulolasi, diniy sektalar kastaga aylandi. Kastaning birlamchi kelib chiqishidan qat’iy nazar mehnat taqsimoti chuqurlashib, kastalar varna jamiyati ierarxiyasida a’zolarning ijti­moiy–iqtisodiy holati, ularning yerga bo‘lgan munosabatiga muvofiq tuzilardi. Rajputlarni ustuvor kshatriy kastasiga aylanishi ularning zabt etilgan bosib olingan aholidan soliq olish huquqi, yerdan amalda foydalanish huquqi bilan bevosita bog‘liq edi.

Yer egaligi huquqlari bilan bog‘liq bo‘lgan kasta ierarxiyasining umumiy sxemasi quyidagicha tuzilgan edi: yer egalari bo‘lgan brax­manlar, hind knyazliklarining hukumron sulolari, ma’muriy soliq apparati vakillari, jangchi bo‘lgan yer egalari va nihoyat, to‘laqonli rajput va jaynlar shimoliy va shimoliy g‘arbiy Hindiston hudud­larining aksariyatida oliy braxman va kshatriy kastalariga kirar edilar, ular go‘yoki o‘z sulolasini qadimgi Hindistonning braxman va kshastriylaridan kelib chiqqan. Vayshya varnalari, asosan, savdogar va hunarmandlarning qatlamini tashkil etar edi. Shudra kastasi esa qashshoqlashgan yer egalari, jamoa nomidan yerga egalik qiluvchilar hamda hunarmandlardan iborat edi. Oxirgi, eng quyi bo‘lgan «daxl­sizlar» kastasi huquqsiz ijarachi va har qanday egalik huquqlaridan mahrum bo‘lgan boshqa ozod kishilardan yarim qul, yarim krepostnoy tobelikda bo‘lgan jamoa xizmatchilarini o‘z ichiga olgan.

Hindistonda sinfiy qatlamlashish jarayoni o‘ziga xos tarzda kechgan, u ham hukmron, ham ekspluatatsiya qilinayotgan ijtimoiy qatlamlarning haddan ziyod xilma-xilligini uzoq muddat davomida saqlanib qolishi bilan tavsiflangan. Soliq rentani to‘layotgan dehqon yollanma ishchilarga nisbatan ekspluatatorga aylanishi mumkin edi. Jamoaning to‘la huquqli bo‘lmagan a’zolarini yoki “daxlsiz” kastasiga mansub jamoadan tashqari dehqonlarni ekspluatatsiya qilish ham yirik yer egalari ham odiy jamoa a’zolari xo‘jaliklarida qo‘llanilgan.

Musulmon hukumdorlari hokimiyatining mustahkamlanishi Hindistonning oliy hukmron qismining o‘zgarishga olib keldi. Yirik hind knyazlarining aksariyat qismi yo‘q qilindi, ularning yerlari saltanatning hududiy tarkibiga kiritildi. Ba’zi mayda knyazlari, ya’ni rojalar podsho hokimiyatini tan olib, vassal sifatida tobe bo‘lib qoldilar. Ular podshoga ma’lum miqdorda pul to‘lashga majbur edilar.

Saltanatning butun yeri davlat mulki deb e’lon qilindi. Aslida yer bosqinchilarga soliq to‘lashga majbur bo‘lgan jamoatchi dehqonlar qo‘lida qolayotgan edi. Bu soliqlar avvalgidan ko‘ra kattaroq hajmda va boshqa sxemada hisoblangan. Barcha yer egalariga soliqlar solingan. Bu renta solig‘i bo‘lib, musulmon bo‘lmaganlar jizya to‘lashlari lozim edi. Ikkala soliq aksariyat holda hosilning yarmiga teng edi. Davlatning taqsimlanmagan yer fondining qismi bevosita g‘aznaga tegishli, bu yerlar xolis yerlar deb nomlanib, ulardan olingan daromad podshoning o‘zi va uning saroyi, davlat apparati, mansabdor shaxslar, harbiylar uchun sarflanar edi. Qolgan qismi “ikta” xizmat dalalariga taqsimlangan bo‘lib, harbiy hamda mansabdor shaxslar uchun shartli ravishda qo‘ldan-qo‘lga o‘tar edi. Mansabdorning shartli yer egaligi qisqa muddatli yoki abadiy bo‘lishi mumkin edi. Ammo aksariyat hollarda “ikta” yer egasining o‘g‘li yoki kuyoviga xizmati uchun berilgan. Ikta egalari, hadya etilgan qishloq hududlaridan xizmatkorlari vositasida yoki bevosita yig‘ilgan, bunda soliqning faqatgina bir qismi o‘zlashtirilgan. Soliqlarning aksariyat qismi davlat fondiga o‘tkazilgan. Soliqning shakli, miqdori va qanday qilib olinishi davlat tomonidan belgilagan. Davlat mulki bilan bir qatorda saltanatda xususiy mulk ham bo‘lgan. Xususiy mulkning o‘ziga xos shakli bu musulmon diniy muassasalarning vaqflari va musulmon ruhoniy shaxslar, ya’ni imomlarning meros yerlari edi. Mulk egalari faqat desyatina to‘laganlar. Bu esa ular uchun bir imtiyoz edi.

Dehlida yer egaligi taraqqiyotiga xos 3 ta tendensiyani ajratish mumkin. Bular:

1.  “Ikta” yerlarini mulk yerlariga aylanishi;

2.  Xolis yerlarining qolgan ikki turdagi yerlar kengayishi hisobiga qisqarishi;

3.  Davlat yerlaridan olinadigan renta solig‘ining umumiy qiymatida xizmat qatlamining bevosita ulushining ko‘payishi.

XIV asrning ikkinchi yarmidayoq iqtidorlarning yarmi soliq immunitetiga ega bo‘ladi, ikta esa ko‘p hollarda meros shakliga aylanadi.

Boburiy Hindistonida ham yerga nisbatan davlat mulki huquqi saqlanib qolgan. Bundan tashqari, u yuqori darajada tartibga solingan, jumladan, yer kadastri yaratilishi hisobiga, bu kadastrni tuzish Sherxon davrida (1540–1545) boshlangan bo‘lsa, tarixda buyuk hukmdor sifatida iz qoldirgan mahalliy aholidan jizya olish bekor qilingan. Har bir hududdan yig‘iladigan soliq miqdori aniq belgi­langan. Bu hukmdor Akbar (1556–1605) davrida yakunlangan.

Boburiy Hindistonida yerning aksariyat qismi shartli hadya, ya’ni jagir sifatida yirik musulmon harbiy qo‘mondonlari bo‘lgan jagirdar­larga berilgan. Jagirdor o‘z jagirining kattaligi hamda lavozimiga muvofiq bo‘lgan qo‘shin (100 tadan boshlab 5 mingta askargacha) ta’minlashi lozim edi. Aynan shu qo‘shinlardan hukmdor armiyasi tashkil topgan. Jagirdorning yoki podshohga tobe bo‘lgan mahalliy knyaz rojaning egalik huquqlari jamoa dehqonlaridan soliqlarni olish va bu soliqlarning ma’lum qismini o‘z hisobiga olib qolishdan iborat bo‘lgan. Jagirlardan tashqari podshohga to‘lov to‘lagan vassal hind knyazlarning yerlari ham bo‘lgan.

Boburiy Hindistonining butun hududi yer egasining eks­pluatatsiya shakliga ko‘ra ikkiga bo‘lingan. Bu: rayatiy va zamindari. Rayatiy hududida jamoa dehqonlaridan soliqlar bevosita davlat apparati orqali olingan. Podshoh jagirdarlar o‘z yerlarida na ma’­muriy, na mustaqil soliq hokimiyatiga ega bo‘lmasliklari ustidan nazorat qilar edi. Zamindorlar hududida soliqlarni zamindorlarning o‘zlari to‘plaganlar. Zamindorning o‘zi urf-odatga ko‘ra, dehqon­lardan olinadigan to‘lovlar miqdori va olinish shaklini o‘zi o‘rnatgan. SHunday qilib, bu to‘lovlar feodal renta xarakteriga ega edi. «Yer egalari» bo‘lgan zamindorlar qatoriga birlamchi zamindorlar, ya’ni o‘z yer egalarining xo‘jayini bo‘lgan to‘laqonli jamoadoshlar ham kirar edi. Odatda bu yer maydonlari ijaraga berilar edi yoki ularga tobe insonlar ishlov berar edilar. Jamoa yerining katta qismi muddati yo‘q ijarada bo‘lgan, bu ijaraning huquqiy himoyasi ham bo‘lmagan. Aslida ijarachilar, to‘la huquqli bo‘lmagan dehqonlar o‘z yerlaridan haydalishlari mumkin emas edi. Ijarachilar to‘la huquqli jamoat­doshlar qatlamidan shaxsiy va yer tobeligida bo‘lganlar, ularga xilma-xil xizmatlar ko‘rsatganlar. Qishloq aholisining eng ko‘p eks­pluatatsiya qilinadigan qatlami yerga ega bo‘lmagan dehqonlardan iborat edi.

Boburiylar Hindistonining barbod bo‘lishi, boburiy hukum­dorlarning istehkomi sustlashgani sari mahalliy zamindorlar ham hinduist, ham musulmonlarning hokimiyati kuchayadi, natijada munosabatlarning vassal – lent tizimi shakllanadi. Davlat soliq apparati orqali qo‘shimcha dehqon mahsulotidan o‘z ulushini oladigan dastlabki harbiy va fuqaro lavozimlarining ierarxiyasi o‘rniga feodal yer egalarining ierarxiyasi keladi.

VI va XII asrlarda Hindiston iqtisodiy jihatdan o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan ko‘p sonli davlat knyazliklaridan iborat edi. Ilk sinfiy, qabila davlat deb nomlanuvchi birlashmalarda urug‘-qabilaviy munosabatlarning qoldiqlari saqlanib qolgan edi. Bunday davlatlar qatoriga Rajput sulolalari zabt etilishi natijasida paydo bo‘lgan ko‘p sonli hudud birlashmalari kiradi. Ularda knyaz hokimiyati qabila­doshlarning Rajput–askarlarning harbiy kuchiga tayangan.

Urushlar natijasida vaqti-vaqti bilan paydo bo‘ladigan yirik siyo­siy jamoalar, xususan, Xarshi (VII asr), CHalukya (VII asr), Gurjara-pratixar (VIII asr) va boshqalar primitiv davlat birlashmalari bo‘lib, haddan ziyod o‘zgaruvchan chegara, shakllanmagan ma’muriy appa­ratga ega xuddi o‘sha qabila knyazliklarining birlashmasi edi. Bunday davlatlarga maxaroja bosh knyazlar rahbarlik qilar edi. Knyaz taxti o‘g‘liga meros bo‘lgan yoki hukmdorning iroda va xohishiga ko‘ra boshqa birovga berilgan. Maxarojaga Matriparishad kengash organiga kirgan maslahatchilar yordam bergan. Davlat apparatida askar va soliq yig‘uvchilarga katta o‘rin berilgan. Asrlar davomida Hindistonning davlat yaxlitligining yo‘qligi ma’lum darajada ko‘p tilli etnik jihatdan xilma-xil, aholining diniy, madaniy yaxlitligi erta shakllanishi hisobiga ma’lum darajada to‘ldirilgan. Hindiston tarixining guvohlik berishicha, diniy, madaniy yaxlitlik bilan bog‘langan jamiyatning maydalanib ketishi, xalqlarning ommaviy ko‘chishlar davrida barqa­rorlikning yuqori darajasi namoyon bo‘lgan.

Mamlakat tarixining bunday o‘ziga xos tarafi ming yillar davo­mida hind xalqi yaratgan madaniy qadriyatlar (afsona, epos, diniy, huquqiy, ilmiy adabiyot)ning ulkan fondi bilan bog‘liq bo‘lgan diniy, falsafiy, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy tizimni o‘z ichiga olgan hinduizmning o‘ziga xosliklari bilan asoslanadi.

Biron-bir din hinduizm kabi xalqning ma’naviy va moddiy madaniyatining barcha sohalari bilan bu darajada uzviy bog‘liq bo‘lmagan. Bu mamlakatning urf-odatlari, an’analari haqidagi eng qadimgi tarixiy ma’lumotlarning zaxirasidir. An’anaviy siyosiy tar­qoqlik, markaziy davlat apparatining sustligi o‘rta asr Hindistonning o‘ziga xos belgisi sifatida hind jamiyatining tashkiliy mustahkamligi bilan to‘ldirilgan. Jamoaning barqarorligi va rivojlanishi hokimiyatga intilayotgan u yoki bu hukmdorning g‘alaba va mag‘lubiyatiga deyarli bog‘liq bo‘lmagan.

Hindistonning musulmonlar tomonidan bosib olinishiga dav­latning ma’lum darajada yaxlit bo‘lishi natijasida erishildi. Hindistonda musulmonlarning bosqinchilik urushlari XII asrda boshlandi. Zabt etilgan hind yerlari dastlab guriylar davlat yerlari tarkibiga kiritildi, keyinchalik esa ular XIII asrdan Dehli saltanati nomini olgan mustaqil davlatga ajraldi. 1229 yilda Dehli saltanati Bog‘dod xalifasi tomonidan mustaqil davlat sifatida tan olindi. Biroq Dehli hukmdorlarining boshqa musulmon dunyosi bilan aloqalari uzilib qolmadi. Dehli sultonlari u yoki bu, ya’ni o‘rta asr turklari, tojikdar va forslarning vakillari edi.

XVI asr boshida Hindistonga turkiy va afg‘on bosqinchilari mo‘g‘ullar kirib kela boshladi. Buyuk Mo‘g‘ullar imperiyasi XVI asrning oxiri XVII asrda o‘z yuksalish va gullab-yashnash davriga keldi. Shu bilan birga musulmon hukmdorlari, jumladan, buyuk Mo‘g‘ullar ham islomning qudratli siyosiy salohiyatiga qaramasdan, Hindistonda na kuchli davlatchilik, na samarali amalda bo‘lgan mar­kaziy apparatni yarata olmadilar.

Hokimiyatning monarxik shakli bo‘lgan ham Dehli saltanati, ham Mo‘g‘ul Hindistonidagi davlat hokimiyati organlari tizimida umu­miylik bor edi, chunki bu yerda davlat boshqaruvi musulmon dav­latining islom diniy ta’limotga muvofiq tuzilgan. Bu ta’limotga e’tiqod qiluvchi barcha musulmonlar Allohdan kelgan qonun bilan chegaralanishgan. Musulmon hukmdorlar vakolatlarining haqiqiy haj­mi hukmdor va zodagonlar o‘rtasidagi hokimiyat uchun to‘xtovsiz kurashdagi kuchlarning mutanosibligi bilan belgilangan. Dehli hukumdori Nasriddin Mahmud (1246–1265) davridagi musulmon zodagonlarining kuch-qudrati keyinchalik podsho istehkomining mustahkamlanishi bilan kuchaydi. Muhammad Tug‘loq (1325–1351) o‘z tangalarida «Podsho – Allohning soyasi» degan yozuvni bosib zarb etgan. Mo‘g‘ullar imperiyasining asoschisi Bobur (1526–1530) esa o‘ziga «ilohiy huquqlarga ega podshoh unvoni»ni bergan.

Davlat rahbari (sulton podshoh)ning hokimiyati meros hokimiyat bo‘lgan, bundan tashqari, u o‘zi taxt vorisini belgilashi mumkin edi. Qur’onda hukmdor majburiyatining ro‘yxati keltirilgan, bu ro‘yxatda birinchi o‘rinda islomni muhofaza qilish turgan. Diniy marosim va urf-odatlarni qo‘llab-quvvatlash hamda dinga qarshi bo‘lgan va soxta ustozlarni yo‘q qilish shular jumlasidandir. Zabt etilgan, bosib olingan Hindistonda musulmon hukumdorlari bu talablarga doimo ham rioya qila olmasdilar. Chunki bu yerda hayotning o‘zi aksariyat hollarda ularni ortga chekinish, diniy bag‘rikenglik siyosatini amalga oshirishga majbur qilgan.

Oliy qonun chiqarish va sud hokimiyati musulmon hukum­dorlariga tegishli edi. Ular musulmon huquqi me’yorlariga talqin berganlarida umum tan olingan talqini, ya’ni ijmo’ni hisobga olishlari lozim edi.

Musulmon davlatidagi oliy chinovnik, davlatpanohdan keyingi ikkinchi shaxs hisoblangan rahbar vazir, ya’ni harbiy va moliyaviy muassasasining rahbari bo‘lgan. Uning asosiy majburiyati sulton buyruqlarini hayotga tatbiq etishdan iborat edi. Ko‘pincha vazirlar butun hokimiyatni o‘z qo‘llariga olganlar.

Dehli saltanati va boburiylar Hindistonida markaziy boshqaruvni maxsus hukumat muassasalari – devonlar amalga oshirgan, xususan, turli ma’lumotlarga ega kitoblar tuzish, umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan statistik ma’lumotlar qayd etish ularning faoliyat doirasiga kirgan.

Harbiy kuch, yollanma qo‘shinlar, hukmdor yoki podshohning shaxsiy qo‘riqchilari soni, yer va pul hadyalari, garnizonlarning joylashuvi hisob-kitobini olib borgan harbiy muassasa musulmon davlat mexanizmida alohida o‘rin egallagan. Bu muassasaning bosh intendanti va g‘aznachisi Boburiy Hindistonga jagirlarni berish usti­dan nazoratni amalga oshirgan, ko‘riklarda qo‘shin va uning asbob-uskunalarining holatini tekshirgan. Moliyaviy muassasa davlat g‘az­nasiga soliq, boj, harbiy asirlar uchun sotib olinadigan mablag‘lar, zabt etilgan aholidan to‘lovlarning davlat g‘aznasiga yig‘ilishi hamda kirib kelishining hisob-kitobini nazorat qilgan.

Alohida muassasa barcha mansabdorlarni tayinlash, ular davlat g‘aznasidan oladigan mablag‘lar, yer hadyalari haqida ma’lumotlarga ega edi. XVI asrda bu muassasaga Mirsamana boshchilik qilgan. U podshohning ustaxona va omborxonalariga ham boshchilik qilgan. Sadr-us sadura muassasasining o‘ziga xos bosh ma’naviy va sud boshqarmasi bo‘lgan. Uni podshohning o‘zi yoki uning ishongan shaxsi boshqargan. Bu muassasaning vazifalaridan biri sudyalarni tayinlash edi.

Na Dehli saltanatida, na Boburiy Hindistonida saroy mansab­dorlari va davlat chinovniklari o‘rtasida vazifalarning aniq chegarasi bo‘lmagan. Dehli saltanatining saroyi imperiya siyosiy hayoti va boshqaruvining markazi edi. Saroyda vakilidor alohida o‘ringa ega bo‘lgan. U saroy boshqaruvchisi bo‘lib, oila va sultonning yaqin xizmatkorlariga xizmat qilish, podsho oshxonasi va dasturxonini nazorat qilgan. Boburiy Hindistonida saroydagi barcha xizmatkorlar harbiy unvon va ranglarga ega bo‘lgan, ular davlat chinovniklari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirgan. Markaziy boshqaruvda podshohning shaxsiy kotibi va podshoh farmonlarini ko‘rib chiqa­digan alohida chinovnik katta rol o‘ynagan.

Dehli saltanati va Boburiylar Hindistonining davlat mexanizmi­ning umumiy belgilari ular o‘rtasidagi farqlarni istisno qilmas edi. Bu farqlar nafaqat davlat organi va lavozimlarining nomi, balki siyosiy rejim xarakterida ham ifodalangan. Dehli hukumdorlari zabt etilgan mamlakatda o‘z hukumati va hokimiyatini xalqning qarama-qarshiligi hamda isyonkor hindiy hukumdorlarni qat’iy yo‘q qilish uslublari bilan o‘rnatganlar. Harbiy kuchga tayangan sultonlar mulkni muso­dara qilib bo‘ysunmaganlarni o‘ldirganlar. Sunniy talqindagi islom davlat diniga aylandi, fors tili esa sud ishlab chiqarish tiliga aylandi. Hindistonda mo‘g‘ullarning hokimiyati boshqa ichki siyosiy holatda boshlandi, bunda hukumron yuqori qatlamning islomlashuv jarayoni yakunlandi, hind knyazlari musulmon hukmdorlariga u yoki bu darajada tobe ekanliklarini tan oldilar. Podshohlar siyosatiga hind shaharlari ham ma’lum ta’sir o‘tkazgan.

O‘rta asrdagi hind davlati haqida Boburiy hukmdorlardan faqatgina Akbar (XVI asr) eng katta iz qoldirdi. Bu paytda siyosiy rejimning ma’lum darajadagi «liberallashuvi» kuzatildi. Uning dalili sifatida soliqning ma’lum darajada pasayishi hamda Akbar davrida jizyaning bekor qilinishi, bundan tashqari, amalga oshirilayotgan diniy bag‘rikenglik siyosatidir. Bu davrda yerlarning katta qismi nafaqat musulmon ruhoniylari, balki hind exromlariga mulk sifatida berildi. SHaharlarga nisbatan olib borilayotgan siyosatda ham ba’zi o‘zgarishlar yuz berdi.

Masalan, Akbar davridan boshlab vujudga kelayotgan savdo – hunarmandchilik muxolifatini yo‘q qilish maqsadida ma’muriy va soliq apparatidagi oliy mansablarga savdogar, hunarmand va boshqa past tabaqadagi shaxslar tayinlana boshlandi. Mo‘g‘ul hukumdorari ham hanafiy maktabining davomchilari edi. Bu maktabning bosh farqlovchi belgi va talablaridan biri boshqaruv va sud ishlab chiqarish jarayonida mahalliy shart-sharoitlarni hisobga olish edi.

Qadimgi Hindistonda ma’muriy bo‘linishning kiritilishi soliq to‘lovchi jamoatchi dehqonni ekspluatatsiya qilishning shaklla­nayotgan tizimining bevosita oqibati edi. Masalan, Gupta va Xarsha imperiyalari chegaradosh hudud boshliqlari yoki podshoh vakillari tomonidan boshqariladigan provinsiyalarga bo‘lingan edi. Provin­siyalar okruglarga bo‘linar edi. Eng kichik ma’muriy birlik – qishloq jamoasi edi.

Musulmon hukmdorlari yangi ma’muriy-hududiy bo‘linishni amalga oshirdilar. Dehli saltanati 23 ta provinsiyaga bo‘lingan. Yirik provinsiyalar viloyatlarga bo‘lingan.

Keyingi ma’muriy birlik “pargana”, ya’ni tuman edi. Tuman bir necha qishloqni o‘z ichiga olar edi. Eng kichik birlik patta – bu bitta, ikkita qishloqdan iborat bo‘lgan ma’muriy birlik edi. Mo‘g‘ul imperiyasi 15 ta viloyatga bo‘lingan, ularga hokimlar rahbarlik qilar edi. Bundan tashqari, har bir viloyatga vojarlar – harbiy boshliqlar, gomashta – soliy yig‘uvchilar va kotvallar – shahar boshliqlari tayinlangan edi.

Ham Dehli, ham Boburiy Hindistonida braxman, kshatriy bosh­chiligidagi jamoa o‘z-o‘zining boshqarishning yarim avtonom mexa­nizmining mavjudligi o‘ziga xos belgi bo‘lib qoldi. Musulmon hu­kumdorlari hind jamoalarini na barbod qila oldilar, na o‘zlariga kerakli darajada bo‘ysundira oldilar. Masalan, mo‘g‘ullar mahalliy hukmdor urug‘larning hududlarini tan olmaganlar, ammo amaliyotda pargana va patta kabi ma’muriy soliq birliklari urug‘ egalik qiladigan hududlar bilan mos edi.

Hind jamoalariga muqaddamlar boshchilik qilar edi, asosiy kastalarga esa chaudxriylar, qishloqlarga esa xutalar rahbarlik qilar edilar. Bular markaziy apparatning mansabdor shaxslari emas edi. Ular soliq to‘lovchilar jamoasining markaziy hokimiyat bilan munosabatlaridagi vakillari edi. Bu munosabatlar mag‘lub bo‘l­ganlarning g‘olib bo‘lgan davlatga to‘lov majburiyatlari kabi edi. Jamoa lavozimlar meros yo‘li bilan berilar edi. Bundan tashqari, panchayata – jamoa majlislari mavjud bo‘lib, bular okrug, qishloqda boshchilik qilgan kasta vakillaridan iborat edi.

Musulmon hukmron rejimining mustahkamligi armiyaning jan­gavor layoqati bilan belgilangan. Musulmonlardan iborat bo‘lgan otliq qo‘shin armiyaning asosiy kuchi bo‘lgan. Alohida o‘rin saroy qo‘riq­chilari va boshqa turdagi qo‘shinlarga ajratilgan. Dehli saltanatidagi armiya o‘nlik tizimida tashkillashtirilgan. harbiy va fuqaro lavozimi ma’lum shaxs qo‘mondonligi ostida bo‘lgan askarlar soniga bog‘liq edi: amir yuzta otliq, malik mingta otliq, xon esa o‘n mingta otliqqa boshchilik qilar edi. Boburiy Hindistonida bevosita g‘aznadan maosh oladigan yollanma askarlar hisobiga qo‘shinlar soni ahamiyatli darajada ko‘paytirilgan edi. Bevosita podshohga bo‘ysungan yollanma askarlar alohida imtiyozli holatga ega edi. Kuchli yer egasi bo‘lgan kastalarning boshliqlari o‘zlariga tobe bo‘lgan insonlardan iborat o‘z harbiy qo‘shinlariga ega ekanligi o‘ziga xos holatdir. Yirik hind jamoalari o‘z hudud va huquqlarini qo‘llariga qurol olib birgalikda jamoa bo‘lib himoya qilar edilar.

Barcha musulmon davlatlarida odil hukm Qur’on qoidalariga ko‘ra amalga oshirilgan. Qur’on qoidalariga muvofiq sud ma’mu­riyatdan ajratilgan va davlat rahbari tomonidan maxsus tayinlangan qozilar tomonidan amalga oishrilgan. Sud tizimida sud lavozim­larining ierarxiyasi bo‘lmagan. bundan tashqari, fuqaro va jinoiy sud ishlab chiqarishda farqlar ham yo‘q edi. Mahalliy jamoa (qishloq, kasta)larning barqarorligi o‘ziga xos panchayata sudlarining mav­judligini belgilab bergan. Bular katta vakolatga ega bo‘lganlar: jamoa yerini taqsimlaganlar, qoidalarga rioya qilinishini nazorat qilganlar, kastalararo nazoratni tartibga solganlar, kasta va oila qoidalariga rioya qilish, huquq tartibni saqlash ustidan nazorat qilgan.

Адабиёт[tahrir | manbasini tahrirlash]
O‘zbek tilida:

1.  Бойназаров Ф. Қадимги дунё тарихи. Дарслик. 2004.

2.  Лафасов М. Жаҳон тарихи (1918-2008). –Т., 2010.

3.  Ғофуров А. Ҳиндистон. ФарДУ. 2009.

Rus tilida:

1.  Васильев Н. История Востока. 1-2 том. М., 2004.

2. Вигасин А., Дандомаев М. История Древнего Востока. -М., 2001.

3.  Новейшая история стран Азии и Африки. ХХ век. -М., 2000.

Hind tilida:

1.     शैलेन्द्र सेंगर “प्राचीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक:अटलांटिक पब्लिशेर्स ओर डिस्ट,२००५

2.    रोमिला थापर “भारत का इतिहास” प्रकाशक:राजकमल प्रकाशन,२००८

3.    विपिन चन्द्र “आधुनिक भारत का इतिहास” प्रकाशक:ओरिएंट ब्लेकस्वान,२००९  

4.    द्दिजेन्द्र्नारायण झा ओर श्रीमाली “प्राचीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक: हिंदी माध्यम कार्यन्वय निदेशालय दिल्ली विश्वविधालय,२०१५ 

5.    मानिक लाल गुप्त “मध्यकालीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक: अटलांटिक पब्लिशेर्स ओर दिस्त्रिबुतोर्स पवत ल्टड ,२००२

Urdu tilida:

.6ڈاکٹر مبارک علی "جدید تاریخ"،  فکشن ہاؤس ،لاہور ، ٢٠٠١

.7محمد علی چراغ  "تاریخ ِ پاکستان "  سنگ ِ میل ، ٢٠١٢

.8  رماشنکرترپاٹھی  "قدیم ہندوستان کی تاریخ " ، قومی کونسل براۓ  فروغ  اردو زبان ، نئی دہلی ، ١٩٩٨  مترجم :سید سخی حسن نقوی

.9 شیخ محمد رفیق  مسعود حیدر بخاری ڈاکٹر  عصمت نانر "تاریخ ِپاکستان و ہند "، مسلم دو حکومت ، عہد سلاطین ، نئی دہلی ٢٠٠٠

پاتھی "تاریخ ِ قدیم ہندوستان " نگارشت پبلش.10

11.ڈاکٹر مبارک علی  "تاریخ اور آج کی دنیا "، فکشن ہاؤس ،لاہور ٢٠٠٥

.12 ڈاکٹر مبارک علی  "بر صغیر میں تاریخ نویسی کے رجحانات "، پاکستان  اسٹڈی سینٹر جامعہ کراچی ٢٠٠٧

.13   محمد علی چراغ "پاکستان : تاریخ ، جمہوریت ، سیاست "، مکتبہ جدید ٢٠١٠

.14مولانا ابو ا لکلام آزاد  "آزادی ہند " ، مکتبہ جمال ،لاہور ٢٠٠٣

Ingliz tilida:

1.        Avari Burjor. Islamic Civilization in South Asia: A History of Muslim Power and Presence in the Indian Subcontinent, Routledge, 2013.

2.        Faruqui Munis D. The Princes of the Mughal Empire (1504-1719), Cambridge University Press, 2012.

3.        Gandhi M.K. Hind Swaraj or Indian Home Rule, Ahmedabad: Navajivan Publishing House, 2014.

4.        Nazir Ahmad Chaudhry. “Harappa”. Sang-e-meel Publications, Lahore, 2002.

5.        Noren Hameed.  “Political Role of Religious Communities in Pakistan”. Policy Research Institute.  Islamabad, Pakistan, 2008.

6.        Afzal Husain. The nobility imder Akbar and Jahangir. A study of Family Groups. -New Delhi, 1999

7.        Ali K. A new history of Indo-Pakistan (up to 1526) Karachi, 1993.

8.        Burton Stein. A history of India, -Wiley-blackwell, 2010

9.        Hermann Kulke, Dietmar Rothermund. A history of India, -London and New York, 2002

10.    Mahmood T. The Durand line: South Asia’s next trouble spot. –Monterey.: Naval Postgraduate School, 2005.

11.    Peter Lyon. Conflict between India and Pakistan, -Oxford, 2008

Davriy nashrlar:

1.    Bajpai Sh. K. Untangling India and Pakistan // Foreign Affairs. 2003. - Vol. 82. -№ 3. - P. 112-128.

2.    Burns R.N. America's Strategic Opportunity with India. The New U.S. India Partnership // Foreign Affairs. - 2007. - Vol. 86. - № 6. - P. 37-44.

3.    Burns R.N. America's Strategic Opportunity with India. The New U.S. India Partnership // Foreign Affairs. - 2007. - Vol. 86. - № 6. - P. 37-44.

4.    Kashmir Dispute: Background // The Ministry of Foreign Affairs of Pakistan. URL: http://www.mofa.gov.pk/Pages/Brief.htm .

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz