Orsay muzeyi
Koordinatalari: 48°51′36″N 2°19′35″E / 48.86000°N 2.32639°E / 48.86000; 2.32639 G O
Orsay muzeyi (frans. Musée d’Orsay) — 1986-yilda tashkil topgan dunyoning eng yirik badiiy muzeylaridan biri. Maydoni: 57 400 m². 2009-yil davomida 3,0 mln kishi ziyorat etgan. Muzeyda asosan 1848-1915 yillarga tegishli fransuz tasviriy sanʼati, haykaltaroshligi, fotografiyasiga oid eksponatlar mavjud. Muzey impressionizm va post-impressionizm namoyondalari Monet, Manet, Degas, Renoir, Cézanne, Seurat, Sisley, Gauguin, Van Gogh kabi rassomlarning asarlariga ega.
Havolalar
uz.wikipedia.org