Orqa olay tizmasi




Orqa olay tizmasi - Pomirning shim.dagi togʻ tizmasi, Olay vodiysini jan.dan oʻrab turadi. Asosan, Qirgʻiziston va Tojikiston chegarasida. Uz. 240 km, eng baland joyi 7134 m. Slanets, ohaktosh, qumtosh va konglomeratlardan tarkib topgan. Shimoliy yon bagʻri uzunroq. Yon bagʻirlarining quyi qismida togʻdasht va togʻ-oʻtloq oʻsimliklari oʻsadi, balandrokda — abadiy qor va muzliklar yotadi (1436 km²). Orqa Olay tizmasit.dagi Qizilort dovoni (4280 m) orqali Oʻsh — Xorugʻ avtomobil trakti oʻtgan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz