Ororo Munroe




Storm  — Len Wein va Dave Cockrum tomonidan yaratilgan Marvel Comics xayoliy qahramoni. Ushbu personaj ilk bor Giant-Size X-Men #1 (may, 1975-yil) komiksida paydo boʻlgan.

Storm gʻayriinsoniy kuchlar bilan dunyoga kelgan mutantdir. Asl ismi — Ororo Munroe . Uning bolalik yillari AQShning Nyu York va Misrning Qohira shaharlarida oʻtgan. Onasi NʼDare Keniyadagi bir qəabilaning malikasi boʻlgan. Otasi David Munroe AQSHda fotograf boʻlgan. Ular Arab-Isroil mojarosi paytida halok boʻlishgan. Buning ortidan Ororo yetim qolgan. Ororo ob-havoni boshqarish qobiliyatiga ega. Uning qobiliyatlariga shamol oqimlarini boshqarish, boʻronlarni yaratish, chaqmoqlarini boshqarish, tuman va bulutlarni tarqatish, haroratni boshqarish kiradi. Shuningdek, u mutantlar va odamlar tinch-totuvlikda yashashlari uchun kurashadigan jamoa — Gʻaroyib odamlar aʼzosi hisoblanadi.

Storm personajini X-Men, X2, X-Men: The Last Stand va X-Men: Days of Future Past filmlarida Halle Berry, X-Men: Apocalypse, Deadpool 2 va X-Men: Dark Phoenix filmlarida esa Alexandra Shipp gavdalantirgan.

Videooʻyinlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz