Orol sulaymonbalig‘i




Orol sulaymonbalig‘i , yoki Orol chipori ( lotincha: Salmo trutta aralensis) — sulaymonbaliqlar oilasiga mansub, sulaymonbaliqlar turkumi, chiporbaliqlarning eng sharqona shakli.

Tavsif



Orol sulaymonbaliqlari Orol dengizi va Amudaryoda topilgan. Tanasi to‘lqinsimon, kumushrang, to‘q chiporga aylanishi mumkin, tangachalari mayda, zich joylashgan. Uzunligi 1 metrgacha, vazni 14 kilogrammni tashkil etadi. O‘tkinchi baliq; ko‘payish uchun Amudaryogacha suzib boradi. Urchishi kuz-qish oylarida, suv harorati 3-13 ° S da bo‘lishi kerak. Qimmatbaho tijorat baliqlari hisoblanadi. Kichik tur doim kamdan-kam uchraydi, Qozog‘iston va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Kichik tur Kaspiy sulaymonbalig‘iga o‘xshash, farqi umurtqasuyaklari kam sonli, boshi kattaroq bo‘ladi.

Yashash tarzi



Urchishi – noyabr oyida Amudaryoda kechadi. Ularning ba’zilari to‘rt marotaba oldinga-orqaga borib qaytishadi. Mayda baliqlar hamda qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanadi. Taxminlarga ko‘ra, bu baliq turining qirilib ketishining sababi biologik omillar (uchishi sovuq paytda ro‘y berishi, uvildiriqlarning uzo vaqt qolib ketishi) va inson tabiiy xo‘jaligi : Amudaryo va Sirdaryodan meliorasiya uchun suvning tortib olinishi va buning natijasida Orol dengizi hududining sayozlashishi va qisqarishi.

Tarqalishi



Orol dengizi, Amudaryoning quyi qismi. O‘zbekistondan tashqarida: Qozog‘iston (Orol dengizi havzasi). Kaspiy, Qora, Boltiq, Barens va Oq dengiz havzalarida, Janubiy Yevropa, AQSHda (iqlimlashtirilgan) – boshqa kenja turlari.

Yashash joyi



Ulg‘ayish davrida dengizda, urchish davrida daryoda yashagan.

Soni



Har doim kam bo‘lgan. O‘tgan asrning 30-yillarida Orol dengizida yiliga 10 dona atrofida ovlangan. Oxirgi marta 1937 yili tutilgan.

Manbalar




Adabiyot




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz