Orogenez




Orogenez , orogenezis (yun. oros — togʻ va ... genez) — geosinklinalsa siquvchi massalar taʼsirida sodir boʻladigan faol tektonik harakatlar nati-jasida yuqoriga koʻtarilish. Orogenez terminini fanga amerikalik geolog G. Jil-bert (1890) kiritgan. Ilgari Orogenezdan burmalar va togʻliklar paydo boʻladi degan fikr mavjud edi. Olimlar fikricha, Orogenez faqat togʻ paydo boʻlish hodisa-sini bildiradi, burmalar esa togʻ paydo boʻlishiga qadar boshqa harakatlar natijasida yuzaga keladi. Orogenez Oʻrta Osiyoda neogen va antropogen davrlarida keng miqyosda sodir boʻlgan. Himolay, Tyanshan, Pomir va boshqa togʻlar Orogenez natijasida paydo boʻlgan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz