Orochlar
Orochlar (oʻzlarini nani deb atashadi) — Rossiyaning Xabarovsk oʻlkasidagi xalq. Umumiy soni 900 kishiga yaqin (1990-yillar oʻrtalari). Oltoy oilasi tungus-manjur guruhining oroch tilida soʻzlashadi. Dindorlari — pravoslavlar, anʼanaviy diniy eʼtiqodlar saklangan. Anʼanaviy mashgʻulotlari — ovchilik (dengiz hayvonlarini ovlash) va baliq ovlash; hunarmandchilik (temirchilik, yogʻoch, qayin poʻstlo-gʻini qayta ishlash, chana, changʻi va qayiq yasash keng tarqalgan).
Manbalar
uz.wikipedia.org