Oʻrmon fondi




Oʻrmon fondi — mamlakat hududidagi jami oʻrmonlar majmui. Oʻzbekistonda oʻrmonlar davlat mulki — umummilliy boylik boʻlib, davlat tomonidan qoʻriqlanadi va yagona davlat Oʻrmon fondi deb ataladi. Davlat Oʻrmon fondi davlat ahamiyatiga ega boʻlgan (davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari qaramogʻidagi oʻrmonlar) hamda boshqa idoralar va yuridik shaxslar foydalanadigan oʻrmonlarga boʻlinadi. Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlardagi daraxtlar va toʻptoʻp daraxtlar, ekinzorlarning ihota daraxtzorlari, shuningdek, boshqa daraxtzorlar va butalar; temir yoʻl, avtomobil yoʻllari, kanallar va boshqalar suv obʼyektlarining ajratilgan mintaqalaridagi ihota daraxtzorlari; shaharlar va boshqalar aholi punktlaridagi toʻptoʻp daraxtlar, shuningdek, koʻkalamzorlashtirish uchun ekilgan oʻsimliklar; tomorqalardagi va bogʻ uchastkalaridagi daraxtlar hamda toʻptoʻp daraxtlar davlat Oʻrmon fondi tarkibiga kirmaydi. Oʻrmon bilan qoplangan yerlar, shuningdek, oʻrmon bilan qoplanmagan, ammo oʻrmon xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar Oʻrmon fondi yerlari deb ataladi. Oʻzbekistonda Oʻrmon fondi togʻ oʻrmonlari (togʻlar qiyaliklaridagi archazorlar, pistazorlar, yongʻoqzorlar va boshqalardan tashkil topgan oʻrmonlar), qumli choʻl oʻrmonlari (saksovul, qandim, cherkez va boshqalar oʻsadigan hamda qorakoʻlchilikda yaylov sifatida foydalaniladigan choʻllar), toʻqay oʻrmonl a r i (daryo yoqalarida, daryo orollarida oʻsadigan turangʻil, jiyda, yulgʻun, chingil, shumtol va boshqalar daraxtzorlar va butazorlar)dan tashkil topgan. Oʻzbekistonda Oʻrmon fondi umumiy yer maydoni 8544,1 ming ga yoki respublika umumiy yer maydonining 20% ni tashkil qiladi (2004). Oʻrmon bilan qoplangan maydonlar (ming ga) — 2391,4 shu jumladan, sunʼiy oʻrmonlar 207,1, yosh oʻrmonzorlar 152,9; siyrak oʻrmonlar — 247,8; daraxtsiz, ochiq maydonlar — 285,3. Oʻrmonlarning xalq xoʻjaligidagi ahamiyatini hisobga olgan holda Oʻzbekistondagi barcha oʻrmonlar 1guruh oʻrmonlariga kiritilgan (2001). Oʻrmon fondi da alohida qimmatga ega boʻlgan oʻrmon mavzelari (ming ga) — 86,7; davlat qoʻriqxona oʻrmonlari — 226,8; davlat milliy tabiat bogʻlari oʻrmonlari — 24,1; ilmiy va tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan oʻrmonlar — 12,4; eroziya himoya oʻrmonlari — 1135,1. Oʻrmon fondi yerlari togʻ zonasida 1200,9 mingga ni, qumli choʻllar zonasida 7190,8 ming ga ni, daryo boʻyidagi toʻqayzorlarda 88,8 ming ga ni, vodiylarda 52,2 ming ga ni tashkil etadi. Oʻrmon fondi asosan, choʻl (83,3%) va togʻ (15,7%) zonalarida joylashgan. Respublika Oʻrmon fondining eng katta maydoni Qoraqalpogʻistonda (54,8%), umumiy maydonining 20,8% esa Navoiy viloyatida joylashgan.

Abdushukur Xonazarov.

uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Oʻrmon fondi — bu yer sayyorasidagi oʻrmonlardan iborat boʻlgan umumiy maydon va undan olingan tabiiy resurslar majmuasidir. Oʻrmon fondi yerlarning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan muhim qatlami hisoblanib, unda daraxtlar, oʻsimliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar va boshqa tabiiy elementlar yashaydi.

Oʻrmon fondining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Ekologik muvozanatni taʼminlash: Oʻrmonlar atmosferadagi karbonat angidridni yutib, kislorod chiqaradi, shu bilan umumiy ishora bo'yicha iqlimni saqlashda muhim rol oʻynaydi.
  2. Biodiversitetni saqlash: Oʻrmonlarda ko‘plab turdagi oʻsimlik va hayvonlar yashaydi, ular biologik xilma-xillikni saqlash uchun muhimdir.
  3. Quruqlikni eroziyadan himoya qilish: Daraxtlarning ildiz tizimi tuproqni ushlab turadi, shamol va suv eroziyasini kamaytiradi.
  4. Resurs manbai: Oʻrmonlar yogʻoch, meva, mineral oʻgʻitlar, dorivor oʻsimliklar kabi koʻplab iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan resurslarni beradi.
  5. Rekreatsiya va dam olish: Oʻrmonlar insonlar uchun tabiat bilan aloqa qilish, dam olish va sport bilan shugʻullanish imkoniyatlarini yaratadi.

Oʻrmon fondi davlat yoki xususiy mulk boʻlishi mumkin va unga doir boshqaruv tizimlari o‘rmonga zarar yetkazilmasligi uchun maxsus qoidalar asosida amalga oshiriladi. Oʻrmonlarni saqlash va ularni qayta tiklash ekologik muammolarni hal qilishda, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashishda juda muhim hisoblanadi.

O‘zbekistonda ham oʻrmon fondini kengaytirish, uni muhofaza qilish va barqaror boshqarish bo‘yicha davlat dasturlari ishlab chiqilgan. Bu dasturlar orqali quruq va yarim quruq hududlarda oʻrmonzorlarni barpo etish va ularni muhofaza qilish ishlari olib borilmoqda.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz