Orlat plitalari
Orlat plitalari 1980-yillarning oʻrtalarida Oʻzbekistonda topilgan suyak plitalari turkumidir. Ular Galina Pugachenkova boshchiligida Samarqanddan shimolda, Saganak daryosi boʻyidagi (Zarafshonning irmogʻi) Orlat qabristonida olib borilgan qazishmalar paytida topilgan. Pugachenkova topilmalar haqidagi maʼlumotlarni 1989-yilda chop ettirgan. Orlat plitalari chap yarmida murakkab jang sahnasi, boshqa tomonda esa ov sahnasi tasvirlangan.
Plitalar
Plitalar dekorativ kamar tokalari boʻlgan deb taxmin qilinadi. Ular katafrakt sifatida qurollangan askarlar oʻrtasidagi jang sahnalari va bitta ov sahnasi bilan bezatilgan. Shuningdek, yana uchta oʻlchami kichikroq boʻlgan lavhalar boʻlib, ularda Baqtriya tuyalari bilan jang qilayotgan otliq jangchilar tasvirlangan. Plitalarning milodiy I asrga oid.
Manbalarga koʻra lavhada oʻtroq soʻgʻdlar va koʻchmanchi bosqinchilar oʻrtasidagi jang tasvirlangan. Unda oʻz guruhining boshligʻi boʻlgan soʻgʻd qahramoni koʻchmanchilar guruhlarining hujumlarini qaytaradi. Soʻgʻdlar uchun koʻchmanchi bosqinlar doimiy xavf edi. Markus Modening fikriga koʻra, plitada jangdan koʻra koʻproq narsa bor. Yodgorlik soʻgʻd sanʼatini tavsiflovchi hikoya tasvirining dastlabki koʻrinishi boʻlib, ushbu tasvirga yaqin bezaklar VII asr oxiri VIII asr boshlarida Panjikent devoriy suratlarida chizilgan. Plitalar soʻgʻd sanʼati haqida asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Oʻz rasmlari va oʻymakorliklarida soʻgʻd musavvirlari chiziqlar, rang bloklari va bir nechta landshaft elementlardan foydalangan.
Yuriy Xudyakov Mo'g'uliston va Oltoydan topilgan boshqa Xun —Sarmatiya topilmalari, Yenisey daryosi yaqinidagi Tepsey togʻidan topilgan plitalar bilan Toshtiq madaniyatiga tegishli boʻlgan plitalar oʻrtasida koʻplab oʻxshashliklarni topdi.
Pugachenkova bu lavhalar kushonlar va toxarlar bilan chambarchas bogʻliq deb hisoblangan. U plitalar Kangyuy aholisi tomonidan qilingan deb hisoblaydi U tasvirdagi askarlar soʻgʻdlar, saklar, yuechjilar va parfiyaliklar degan xulosaga kelgan.
Galereya
Manbalar
Tashqi havolalar
uz.wikipedia.org