Orlando Cruz
Orlando Cruz (1981-yil 1-iyulda tugʻilgan) — Puerto-Rikolik professional bokschi. Havaskor sifatida 2000-yilda Avstraliyada boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlarida Puerto-Rikoni himoya qilgan.
Shaxsiy hayoti
2012-yil 4-oktabrda Cruz professional faoliyatda faol bo‘lgan holda chiqqan bokschi, „Men Puerto-Rikolik bokschi boʻlganimdan faxrlanganman va shunday bo‘lib qolaman. Men har doim magʻrur boʻlganman va shunday boʻlaman“deya aytib oʻtgan. U 2012-yil 20-oktabrda maydonga tushganidan beri birinchi jangida g‘alaba qozonadi.
2016-yil iyul oyida Orlando Cruz Alexandro Valdez bilan oʻyinini Floridadagi Pulse tungi klubida otishmada oʻldirilgan fuqarolarga bagʻishladi. Qurbonlarning deyarli yarmi Puerto-Rikolik edi va Cruz bu fojiada toʻrt doʻstini yoʻqotadi. Oʻyinda vazn oʻlchash paytida Cruz gʻurur bilan maxsus kiyim kiygan va otishmada halok boʻlgan qirq toʻqqiz qurbonning har biri uchun qoʻngʻiroq bir marta chalindi.
Intervyusi
El Vocero ga bergan intervyusida Cruz yaqinda nafaqaga chiqishni rejalashtirmaganligini va Puerto-Rikolik gazeta muharrirlariga tarix yaratishni davom ettirish rejalari haqida gapirib bergan edi. „35 yoshda oʻzimni juda yaxshi his qilyapman. Raqibim jangga kelishini bilaman, lekin men gʻalaba qozonishga, keyin esa jahon chempioni boʻlishga tayyorman. Men boks tarixidagi boshqacha tarzdagi jahon chempioni bo‘lishga bor eʼtiborimni qaratganman“deya oʻziga taʼrif berib oʻtgan edi.
2018-yil yozida u Chikagodagi magʻrurlik paradi uchun Grand Marshall va Puerto-Riko xalq paradi uchun „Cacique King“ unvoniga sazovor boʻladi.
Faoliyati
Cruz professional debyutini 2000-yil 15-dekabrda Puerto-Rikoda Alfredo Valdezga qarshi o‘tkazadi. 2009-yilgacha u Kornelius Lokka texnik nokaut bilan magʻlub boʻlgunga qadar magʻlub boʻlmagan. Cruz ayni damda Butunjahon boks tashkiloti (WBO) tomonidan yengil vazn toifasida 4-oʻrinni egallab turibdi.
U ESPN tomonidan „tez qoʻllar va oyoqlarga ega“ va „yaxshi harakat qiladi va yorqin kombinatsiyalarda zarba beradi“ deb taʼriflar olgan bokschidir.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org