Orlan-10
„Orlan-10“ - bu borish qiyin boʻlgan joylarda, shu jumladan qidiruv va taʼmirlash ishlarida choʻzilgan va mahalliy ob’ektlarni kuzatish uchun moʻljallangan koʻp funksiyali uchuvchisiz tizim. Rossiyaning „Maxsus texnologiya markazi“ korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan. U ESU TK taktik aloqalarni boshqarish tizimining bir qismi boʻlib, buning natijasida yagona taktik darajadagi nazorat tizimiga ulangan barcha jangovar transport vositalari (oʻziyurar qurollar, tanklar, piyoda jangovar transport vositalari, havo mudofaa vositalari) tomonidan yoʻq qilish nishonlarini efirga uzatish imkoniga ega.
Uchuvchisiz havo apparati ancha uzoq masofaga parvoz qilish imkoniga ega. Jumladan: 600 km gacha va 16 soatgacha uchish quvvatiga ega. Uchuvchisiz havo apparati uzoq masofalarni razvedka qilish va hududlarni uzoq vaqt davomida patrul qilish imkonini yaratadi.
„Orlan-10“ avtomatik ravishda yoqilgan GSM telefonlari, aloqa stantsiyalari, x diapazonidagi radarlarning holatini aniqlay oladi. „Orlan-10“ uchun elektron urush uskunalari GSM aloqalarini, shuningdek, oddiy GPS qabul qiluvchilarni tiqilib qolishiga imkon beradi.
„Orlan-10“ ning oʻziga xos xususiyati uning Msta-SM oʻziyurar qurollari bilan qattiq integratsiyalashuvi hisoblanadi, bu nishon aniqlangach darhol belgilangan obyektlarni, nishonlarni, alohida askarlar va ishlaydigan radarlarni yoʻq qilishga imkon beradi. „Orlan-10“ qurolidandan artilleriya spotteri sifatida foydalanish mumkin.
„Orlan-10“ qurolini ishlab chiqarish yiliga 200-300 nusxani tashkil qiladi. „Orlan-10“ RF Qurolli Kuchlarining eng yirik zamonaviy droni hisoblanadi.
„Orlan-10“ turli xil taktik maqsadlar va vazifalar uchun boshqa maqsadli yukni koʻtarishi mumkin.
Pentagonning qayd etishicha, „Orlan-10“ dan odatda uchta uchuvchisiz uchish apparatidan iborat „poda“ foydalanadi. Birinchi UUA 1-1,5 km balandlikda optik razvedka ishlarini olib boradi, ikkinchi uchuvchisiz havo apparati elektron razvedka yoki elektron urush funksiyasini bajaradi, masofadagi uchinchi uchuvchisiz havo apparati ikalasi uchun aloqani yaxshilab berishni taʼminlaydi.
National Intrestning fikricha, „Orlan-10“ Ukrainaga bostirib kirishda quyidagi uchta ssenariyda tasdiqlanmagan holda ishlatilgan:
„Orlan-10“ ning oʻzida G5ANT aviatsiya sinfidagi GPS / GLONASS antennasi oʻrnatilgan boʻlib, u 3,5 dB gacha shovqinlarni filtrlash imkoniyatiga ega.
„Orlan-10“ uchun eksperimental maqsadli yuklar keng qoʻllaniladi.
National Intrest taʼkidlashicha, bunday ssenariylar koʻproq xandaq urushi uchun moʻljallangan.
2013-yilda portativ uchirish majmuasi, boshqaruv stansiyasi va ehtiyot qismlar toʻplamiga ega „Orlan-10“ ning minimal 2 nusxasi 5 million rubl (taxminan 166 000 dollar)ni tashkil qiladi, bu oʻz sinfidagi uchuvchisiz havo apparati analoglariga qaraganda ancha arzon hisoblanadi. MAKS-2013 havo koʻrgazmasida ilk bor qurol namoyishi tashkil etilgan.
Asosiy xususiyatlari[18]:
Manbalar
uz.wikipedia.org