Orkun Kökçü
Orkun Kökçü (2000-yil 29-dekabrda tugʻilgan) — Erediviziyada Gollandiyaning „Feyenoord“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydigan professional futbolchi. Niderlandiyada tugʻilgan Kökçü Turkiyani xalqaro miqyosda himoya qiladi.
Klubdagi faoliyati
Oʻzining tugʻilgan shahri Haarlem yaqinidagi mahalliy klublarda oʻynaganidan soʻng „Groningen“ klubining yoshlar jamoasiga taklif qilingan. Kökçü 2014-yilda Feyenoord yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan. U 17 yoshida „Feyenoord“ safida debyutini 2018-yil 17-sentabr kuni KNVB kubogining birinchi bosqichida VV Gemert ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda amalga oshirgan. Oʻsha oʻyinda „Feyenoord“ning ikkinchi golini urgan. U Erediviziyadagi debyutini 2018-yil 9-dekabr kuni „Emmen“ ga qarshi oʻtkazgan zaxiradan maydonga tushganidan soʻng gol va assistentlik bilan gʻalabaga hissa qoʻshgan. 2019-yilning 10-aprelida u „Feyenoord“ bilan shartnomasini 2023-yilgacha uzaytirgan. 2020-yil 26-iyun kuni u Feyenoord bilan shartnomasini yana ikki yilga uzaytirish boʻyicha kelishuvga erishgan, bu kelishuv 2024-25-yilgi mavsum oxirigacha choʻzilishi moʻljallangan.
Xalqaro faoliyati
Koʻkçü Gollandiya yoshlar terma jamoasida ham harakat qilgan. U Gollandiya U18 va Gollandiya U19 yoshlar terma jamoasiga chaqirilgan. 2019-yilning iyul oyida Koʻkçü Turkiya terma jamoasida oʻynash niyati borligini eʼlon qilgan. U 2021-yil 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralashida Angliya U21 terma jamoasiga 2019-yil 6-sentabrda 3-2 hisobida magʻlub boʻlgan Turkiya U21 terma jamoasi tarkibida maydonga tushgan.
U Turkiya terma jamoasidagi debyutini 2020-yil 6-sentyabrda Millatlar ligasida Serbiyaga qarshi oʻyinda oʻtkazgan, oʻyinni asosiy tarkibda boshlagan va jamoalar 0:0 hisobida durang oʻynashgan.
Shaxsiy hayoti
Gollandiyada tugʻilgan Koʻkçü asli turk va ozarbayjon millatiga mansub. U professional futbolchi Ozan Koʻkçüning ukasi.
Faoliyat statistikasi
Klub
Xalqaro
Yutuqlar
Feyenoord Manbalar
uz.wikipedia.org