Orinoko timsoh
Orinoko timsoh (
Crocodylus intermedius ) — yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan timsoh Ular juda oz va bu timsohlarni faqat Kolumbiya va Venesueladagi Orinoko daryosi havzasida topish mumkin. 19-20-asrlarda terilari uchun keng ovlangan boʻlib, timsohlarning yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan turlaridan biri. Bu timsohlarning juda katta turi; qadimda bu timsohlarning erkaklari 6.8 m (22 ft 4 in) gacha boʻlganligi haqida maʼlumotlar boʻlib, ogʻirligi 900 kg (2,000 lb) dan ortiq, lekin bunday oʻlchamlar bugungi kunda mavjud emas. Katta erkak bugungi kunda 4.2 m (13 ft 9 in) yetishi mumkin, uzunligi va ogʻirligi 450 kg (1,000 lb) gacha boʻlishi mumkin. Urgʻochilar esa sezilarli darajada kichikroq, eng kattasi 225 kg (496 lb) ga yaqin vaznga ega.
Manbalar
uz.wikipedia.org