Orinoko




Orinoko (ispancha: Río Orinoco; mahalliy indeyslar tilida Orinuku — daryo) — Janubiy Amerikadagi daryo, Venesuela va Kolumbiyada. Uz. 2730 km, havzasining maydoni 1086 ming km². Gviana yassitogʻligidan boshlanadi va Atlantika okeaniga botqoqli delta (maydoni 20 ming km²) hosil qilib quyiladi. Yuqori oqimida Orinokodan Kasikyare daryosi ajralib chiqib, Ama-zonkaning Riu-Negru irmogʻiga quyiladi. Meta irmogʻi quyiladigan joyga-cha serostona, tez oqadi. Oʻrta oqimida sersuv. Delta qismida daryo 36 tarmoqqa ajralgan. Yogʻingarchilik davri (aprel— sentabr)da suv sathi 8–15 m gacha koʻtariladi. Bu vaqtda kemalar Kolumbiya che-garasigacha bora oladi. Orinoko havzasidagi kema yoʻllarining umumiy uz. 12 ming km. Daryo okeanga yiliga 915 km suv, 45 mln.t oqiziq keltiradi. Quyi qismida yillik oʻrtacha suv sarfi 29 ming m³/sek. GES lar qurilgan. Baliq turi koʻp.

Orinokoning quyilish joyini 1498-yilda X. Kolumb, 1499-yilda A. Oxeda va A. Vespuchchi ekspeditsiyasi, oʻrta oqimini ispan sayyohi Diyego Ordas tadqiq qilgan. 1800-yilda nemis olimi A. Gumboldt fransuz botanigi E. Bonplan bilan birgalikda Orinoko boʻylab sayohat qilib, uning Amazonka sistemasi bilan tutash ekanligini aniqladilar.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz