Orifxon Hotamov
Orifxon Hotamov (1927.10.10, Jizzax — 2002.25.9, Toshkent) — xonanda, sozanda (tanbur, gʻijjak), bastakor. Oʻzbekiston xalq hofizi (1993). Milliy mumtoz musiqa (ma-qom, ashula, katta ashula, bastakorlik) sanʼatining yirik vakili. Toshkent musiqa bilim yurtini gʻijjak ixtisosligi boʻyicha tugatgan (1954). Hofizlik va tanbur chalish yoʻllarini ustozi J.Sultonovdan oʻzlashtirgan. Muqimiy teatri (1944), Oʻzbek davlat filarmoni-yasi (1945-50), Oʻzbek radiosining xalq cholgʻulari orkestri (1956—59), etnografik ansambli (1959-76), *Ma-qom" ansambli (1976-89)da sozan-da, ayni paytda M.Uygʻur nomidagi Sanʼat instituti (1989—99), Toshkent konservatoriyasi (1999-yildan)da peda-gog. Repertuaridan katta ashula ("Ohkim", "Daydi Tanavor", "Boʻlmish" va boshqalar), mumtoz ashula ("Fe-ruz", "Abdurahmonbegi", "Hanuz", "Qoʻshchinor", "Suvora" va boshqalar) va maqom yoʻllari ("Dugoh Husayn", "Bayot" kabi), 20-asr bastakorlari ("Sodirxon Ushshogʻi", S.Bobosharipov; "Ul kun jonon", J.Sultonov; "Dogʻman", K.Otaniyozov va boshqalar) hamda oʻzbek mumtoz va zamonaviy shoirlar gʻazallariga oʻzi bastalagan ("Naylayin", "Qoshi yosinmu deyin", "Qora boʻlib-dur", Navoiy; "Sensan sevarim", Lutfiy; "Yor oʻtdimu", S.Zunnunova; "Holimni soʻrmaysan", Sadoiy; "Ohista-ohista", T.Toʻla; "Subhidam", P.Moʻmin; "Vatandir", "Paydo boʻlibdur", Chustiy va boshqalar) asarlari oʻrin olgan. H. kuchli, koʻlami keng, shirador va dardli ovoz sohibi. H.ning oʻziga xos ijro va ijo-diy uslubi nozik did, teran maz-mundorligi bilan ajralibturadi. Koʻp yillar davomida Hakimjon Fayziyev, keyinchalik oʻgʻillari Axrorxon va Ismoilxonlar bilan hamnafaslik qilib, ovozlar ravonligi va mutanosibligi, tanbur-dutorning dil-kash Muloqotiga asoslangan joʻrovoz yoʻlida ijod qilgan. Ijrolari va bastakorlik asarlari Oʻzteleradio-kompaniyasi fonotekasiga, bir necha gramplastinka va kompakt diskga yozilgan. "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan (1997).
Adabiyot
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Orifxon Hotamov haqida batafsil ma'lumot berish uchun uning kimligi, faoliyati yoki qaysi sohada tanilganligi haqida qo'shimcha ma'lumot kerak bo‘ladi. Chunki "Orifxon Hotamov" nomi bilan bog‘liq ko‘plab odamlar bo‘lishi mumkin yoki uning faoliyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmagan bo‘lishi mumkin.
Agar sizda uning qaysi sohada ishlashi, ilmiy, madaniy, siyosiy yoki boshqa sohalardagi faoliyati to‘g‘risida ma’lumot bo‘lsa, iltimos, o‘sha tafsilotlarni taqdim eting. Shunda men sizga uzoqroq va aniqroq ma’lumot tayyorlashim mumkin.
Yoki agar umumiy tarixiy, madaniy yoki zamonaviy shaxslar haqida ma'lumot kerak bo‘lsa, shuni ham bildirsangiz, yordam berishga harakat qilaman.