Orifjon Qobulov




Orifjon Qobulov (1905-yil, Namangan — 1938-yil) — toʻquvchi, hisobchi, moliyachi, suv xoʻjaligida ishlagan. Namangan tumani yer-suv boʻlimi boshligʻi. 1938-yilda qatagʻonga uchragan.

Tarjimayi holi



Orifjon Qobulov 1905-yilda Namangan shahrida xizmatchi oilasida tugʻilgan. Millati — oʻzbek, otasi 1917-yil yuz bergan inqilobgacha va 1917-yildan keyin ham suv xoʻjaligi sohasida xizmat qilgan. 1920-yilgacha otasi qaramogʻida boʻlgan. 1920-yildan 1924-yilgacha oʻzining toʻquvchilik ustaxonasida toʻquvchi bo'lib ishlab kelgan. Orifjon Qobulov 1924-yildan 1925-yilgacha Namangan moliya boʻlimida moliya agenti boʻlib ishlagan, 1925-yildan 1926-yil mayigacha Toshkent shahrida moliya kurslarida oʻqigan. Oʻqishni tugatgandan soʻng 1926-yil avgustdan 1928-yil iyulgacha Andijon okrugining moliya boʻlimida kontrolyor yordamchisi boʻlib ishlagan. 1928-yil iyuldan 1929-yil sentyabrgacha Andijon shahar moliya boʻlimida istruktor sifatida faoliyat koʻrsatgan. 1929-yil sentyabrdan 1930-yil avgustigacha Margʻilon shahri moliya boʻlimida isntruktor, 1930-yil sentyabrdan 1932-yil avgustigacha Quva tumani moliya boʻlimida inspektor lavozimlarida xizmat qilgan. 1932-yil avgustdan 1933-yil martigacha Namangan shahri moliya boʻlimida mudir oʻrinbosari boʻlgan. 1933-yil apreldan 1934-yil sentyabrgacha Namanganda yer boshqaruvchisi, 1934-yil dekabrdan 1936-yil iyuniga qadar Namangan shahar soveti tashkiliy boʻlim mudiri, 1936-yil iyulidan to hibsga olinguniga qadar Namangan tuman yer-suv boʻlimi boshligʻi vazifalarida ishlagan. Oʻzbek va rus tillarini mukammal bilgani uchun davlat idoralarida moliya boʻlimlarini boshqargan. . SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasi sayyor sessiyasining 1938-yil 14-oktyabrdagi yigʻilishida Qobulov Orifjon otuvga hukm etilgan, sud hukmi oʻsha kuni ijro etilgan. Partiya XX syezdidan soʻng reabilitatsiya qilingan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz