Orifiy Hiraviy




Orifiy Hiraviy (vaf. 1389) – fors-tojik tilida ijod qilgan hirotlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning birinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uni “fozil va xushgoʻy shoir” deb taʼriflab, sheʼrdagi mahorati va koʻzidagi xastalik tufayli zamondoshlari uni “Salmoni Soniy” deb atashlarini yozadi. O.Hiraviy Salmon Sovajiyning:

Dardoki, dard kard savodi basar xarob, Ayyom kard chashmai chashmi maro sarob –

(Mazmuni: Evoh! Dard koʻz qorasini xarob qildi; zamona koʻzim chashmasini sarob qildi) matlaʼli qasidasiga javob yozgan va Navoiy “Majolis un-nafois”da ushbu sheʼrning oʻziga maʼqul tushgan quyidagi baytini keltiradi:

Bar pilki surxi didayi man

                   doruyi safed,

Boshad biaynih namaki suda bar kabob.

(Mazmuni: Koʻzimning qizargan jiyagiga oq dori surtish xuddi kabobga mayda tuz sepishga oʻxshaydi).

Shuningdek, Alisher Navoiy O.Hiraviyning masnaviy yoʻli bilan “Goʻy va Chavgon” munozarasini bitgani, gʻazallardan iborat devon tartib bergani, qabri Hirot shahrida ekanligi haqida ham maʼlumot berib oʻtadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz