Orif Mirzoyev




 

Orif Mirzoyev (1980-yil 13-yanvarda tugʻilgan.) — professional turkman futbolchisi, hozirda „Oltin Asir“ jamoasida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati



U kattalar faoliyatining boshida vatanida Ashxobodning „Kopetdag“, „Dagdan“, „Nisa“ va boshqa klublarida toʻp surgan. Turkmaniston chempioni va gʻolibi boʻldi.

2001/02-yilgi mavsumda u Ozarbayjonning „Neftchi“ klubiga (Boku) oʻtdi, ammo oliy divizionda atigi 3 ta oʻyin oʻtkazdi. Ikki yil oʻtib, u Ozarbayjonning boshqa klubi — „Qorabogʻ“ (Agdam) safida toʻp surdi va 4ta oʻyin oʻtkazdi. „Neftchi“ tarkibida milliy chempionatning kumush, „Qorabogʻ“ tarkibida esa bronza medali sohibiga aylandi.

2005-yilda u Oʻzbekistonning „Navbahor“ klubiga oʻtib, bir yarim mavsumda 23 ta gol urdi. 2006-yilgi mavsumda u 17 ta gol bilan Oʻzbekiston chempionatining snayperlar bahsida uchinchi oʻrinni egalladi. Keyin Oʻzbekistonning „Samarqand-Dinamo“ va „Shoʻrtan“ klublarida toʻp surdi, biroq unchalik sermahsul boʻlmadi.

Faoliyati yakunida vatanida „Ashxobod“, „Oltin Asir“, „Bolqon“ jamoalarida toʻp surgan. 2010-yilda „Oltin Asir“ tarkibida „Turkmaniston Prezidenti kubogi“ xalqaro turniri gʻolibi va eng yaxshi toʻpurari (6ta gol) boʻldi. „Bolqon“da 2011-yilda mamlakat chempioni boʻlgan.

2003-yildan Turkmaniston terma jamoasida oʻynab kelmoqda. 2004-yilgi Osiyo kubogi final turniri ishtirokchisi. U terma jamoa safida jami 21 ta oʻyin oʻtkazib, 4ta gol urgan.

Terma jamoa statistikasi



Milliy terma jamoa uchun gollar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz