Orif Farkatiy




Orif Farkatiy (15-asr) – samarqand­lik forsiynavis shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning oltinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning asli Samarqandning Farkat mavzesidan ekanligini aytib, koʻp vaqtini Hirotda oʻtkazishi, gohida tahsil bilan mashgʻulligini, gohida esa tanballik qilishi haqida maʼlumot beradi. Alisher Navoiy Farkatiyning Iroq safaridan keyingi hayoti haqida hech narsa maʼlum emas, deb yozadi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

Dar holati takallum az nozuki zabonash,

Bargi gulest goʻyo dar gʻunchayi dahonash.

(Mazmuni: Nozik tili bilan takallum bosh­lasa, uning tili gʻuncha ogʻzidan koʻringan gul bargiga oʻxshaydi).

“Majolis un-nafois”ning tarjimoni Faxriy Hirotiyning yozishicha, bu baytning ikkinchi misrasi: “Bargi gulest goʻyo dar gʻunchayi dahonash” muammo sanʼati asosida yozilgan boʻlib, uning yechimidan “Miram” ismi kelib chiqadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz