Orhan Pamuk




Orhan Ferit Pamuk (1952-yilning 7-iyunida t. Istanbul shahrida) — zamonaviy turk yozuvchisi, bir necha mukofatlar sovrindori, shu jumladan Nobel mukofoti sovrindori (2006).

Ma’sumlik museyi



2012-yilning 28-aprel kuni Istanbulda, yozuvchi tashabbusi bilan "Ma’sumlik muzeyi" ishga tushdi. Dastlabki rejaga koʻra, muzey oʻz faoliyatini 2008-yilda boshlashi kerak edi. Biroq uning ochilishi har safar ortga surilaverdi. Muzeyni ishga tushirish uchun bir million yevrodan ortiq mablagʻ sarflangan. Pamukning aytishicha, uning muzeyi ulugʻvor emas – koʻrgazma 1950-2000 yillar oraligʻida yashagan odamlarning oddiy turmush tarziga bagʻishlangan.

Oʻzbekcha tarjimalar



Orhan Pamukning romanlari hali oʻzbek tilida toʻliq chop etilmagan. Tarjimon Miraziz A’zam Pamukning "Istanbul. Xotiralar va shahar" romanidan bir parcha tarjima qilib ("Maktab alamlari va zavqlari"), 2007-yili "Ma’rifat" gazetasida eʼlon qilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz