Orhan Gencebay
Orhan Gencebay (1944-yil 4-avgustda tugʻilgan) – turk musiqachisi, bastakor, qoʻshiqchi, aranjirovkachi, prodyuser, koʻplab musiqalar mualifi va aktyor. Gencebay 1944-yil 4-avgustda Samsun shahrida tugʻilgan. Asli kelib chiqishi Qrim-tatarlik. 1998-yilda Turkiyaning Xalq artisti nomli unvonini olgan.
Faoliyati
Gencebay 20-22 yoshlarida Turk Radio Television Corporation (TRT) teleradio kanalining sinov bosqichlaridan o'tib, bir necha oy davomida shu yerda musiqa ijrochisi boʻlib ishlagan. 1966-yilda Turk musiqasining ikki zamonaviy ustasi Arif Sağ va Cinuçen Tanrıkorur bilan milliy Bağlama tanlovida asosiy ishtirokchilardan biri bo'lib ishtirok etgan.
Oltmishinchi yillarning oxirlarida u spektakllar va kino musiqalarida shuhrat qozongan musiqachilar bilan hamkorlik qila boshladi. 1966-1968-yillar orasida Muzaffer Akgün, Yıldız Tezcan, Gülden Karaböcek, Ahmet Sezgin, Şükran Ay, Sabahat Akkiraz, Nuri Sesigüzel kabi qo'shiqchilar bilan ko'plab shaharlarda qoʻshiq ijro etgan. Gencebay, Ana, Kuyu, Qizilirmak-Qoraqoyun kabi ko'plab turk filmlarida musiqa rejissyori sifatida ham faoliyat olib borgan. Shuningdek, u turli janrdagi ko‘plab musiqachilar bilan hamkorlik qilgan, masalan, Erkin Koray, Omar Faruk Tekbilek, Ismet Siral, Burhan Tonguc, Ozer Senay, Vedat Yildirimbora, Neşet Ertaş, Abdullah Nail Bayşu kabilar shular jumlasidandir. U turk xalq musiqasi anʼanaviy janrida bir qancha qoʻshiqlarni yaratgan. Shu bilan birga sahnada qoʻshiqchi va taniqli bastakor sifatida namoyon boʻlgan. 1968-yilda o'zining birinchi "erkin uslub" yoʻnalishidagi
qoʻshigʻi "Sensiz Bahar Gecmiyor/Basa Gelen Cekilirmis"ni chiqargan va bu qoʻshiq orqali koʻplab mukofotlarni qoʻlga kiritgan. 1970-yillarda u anʼanaviy turk xalq musiqasi, turk klassik musiqasi, gʻarb klassik musiqasi, jazz, rok, kantri, progressiv, psixodelik, hind, arab, ispan va yunon musiqa uslublari uygʻunlashgan yangi janrlarda koʻplab qoʻshiqlarni yaratgan.
Diskografiyasi
Studio albomlari
Manbalar
Yana qarang
uz.wikipedia.org