Orhan Ademi




Orhan Ademi (1991-yil 28-oktabrda tugʻilgan) — shveytsariyalik professional futbolchi, markaziy hujumchi sifatida oʻynaydi.

Yoshligi



Ademi makedoniyalik alban millatiga mansub hisoblanadi. Uning ota-onasi Kumanovodan Shveytsariyaning Sankt-Gallen shahriga hijrat qilishgan. Adami oʻzining futbolchilik faoliyatini oʻsmirlik chogʻida Au — Berneck shaharchasidagi futbol jamoasida boshlagan va oxir-oqibat Avstriyaning SCR Altach futbol jamoasiga koʻchib oʻtgan. U jamoada ham uzoq vaqt toʻp surmagan.

Klub faoliyati



Ademi oʻzining katta faoliyatini Avstriyada boshlagan, 2008-yildan 2012-yilgacha 4 yil SC Rheindorf Altach jamoasida oʻynagan. 2012-13-yilgi mavsumda u jamoasini Germaniya 2 turniri vakiliga oʻzgartirdi. Bundesliga vakili Ayntraxt Braunshveyg jamoasiga oʻtdi. Oʻzining yangi klubidagi birinchi mavsumida Braunshveyg jamoasi va Ademi turnirdan gʻolib sifatida oliy liga Bundesligaga koʻtarilishdi. Ademi Bundesligadagi ilk golini 2013-yil 19-oktabrda "Shalke-04" jamoasiga qarshi o‘yinda kiritgan.

Keyinchalik 2015-yil yanvar oyida Ademi VfR Aalen jamoasiga olti oylik kredit shartnomasi asosida qoʻshildi. Soʻngra bir yil oʻtib 2016-yilning 31-avgustida Ademi Avstriyaning SV Ried klubiga oʻtdi.

Faoliyati davomida u 2020-yil sentyabr oyida u MSV Duisburgga koʻchib oʻtdi. U 2022-yilning yozida Duysburgni tark etdi. 2022-yil 11-iyulda u UTA Arad jamoasiga qoʻshildi.

Xalqaro faoliyati



2012-yil 2-oktabrda Ademi Shveytsariyaning 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilari milliy terma jamoasiga 2013-yilgi 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi futbol bo‘yicha Yevropa chempionati saralash bosqichining Germaniyaga qarshi pley-off o‘yinlariga birinchi chaqiruvini oldi, garchi u turnirdada maydonni ko‘rmagan bo‘lsa ham jamoa tarkibida edi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz