O‘rgimchak-odam (film)
Oʻrgimchak-odam (inglizcha:
Spider-Man ) 2002-yili katta ekranlarga chiqarilgan superqahramonlar haqidagi filmdir. Columbia Pictures, Marvel Enterprises va Laura Ziskin Productions studiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan hamda Sony Pictures Releasing tomonidan tarqatilgan. Film rejissori Sam Raimi boʻlib, u keyingi ikki filmga ham rejissorlik qilgan. Bosh rolni esa Tobey Maguire jonlantirgan.
Mazmuni
Maktabda oʻqib, fotografiyaga qiziqadigan oddiy Piter Parker ismli yigit yaqin doʻsti Harry Osborn va yoqtirgan qizi Mary Jane Watson bilan Columbia universiteti laboratoriyasiga ekskursiyaga boradi. Shunda Piterning qoʻlini oʻrgimchak tishlab oladi. Ertasi kuni uyqudan turgan Piter koʻrish qobiliyati yaxshilangani, kuchga toʻlib-toshgani va qoʻlidan oʻrgimchak toʻri chiqarishi mumkinligini payqaydi. Oʻzida kashf qilgan ushbu yangi qobiliyatni jinoyatchilarga qarshi qoʻllashga qaror qiladi. Shunday qilib, odamlar Oʻrgimchak-odam va uning yovuzlarga qarshi kurashishi haqida xabar topa boshlaydi.
Rollarda
Musiqasi
Roʻyxatda keltirilgan treklarning barchasining musiqasini Danny Elfman yaratgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org