O'rgatilgan ayiq
Koʻpincha
raqsga tushadigan ayiq deb ataladigan erkak ayiq bolasi yoshligida qoʻlga tushgan yoki asirlikda tugʻilib oʻsgan va koʻchalarda yoki tavernalarda odamlarni koʻngil ochish uchun foydalaniladigan yovvoyi ayiqdir. Oʻrta asrlardan XIX asrgacha butun Yevropa va Osiyoda raqsga tushadigan ayiqlarni uchratish odatiy hol boʻlgan va ularni XXI asrda ham baʼzi mamlakatlarda uchratish mumkin.
Raqsga tushayotgan ayiqlar
Tarixi
Qadimgi Rimda ayiqlar va maymunlarni raqsga tushishga oʻrgatilgan va omma eʼtibori uchun turli nayranglar va harakatlarni namoyish etishgan. Asrlar davomida raqsga tushadigan ayiqlarni uchratish Hindiston yarim orolida odatiy hol edi. Oʻrgatilgan va majburan raqsga tushilidagan ayiqlarning oxirgisi 2009-yilda ozod qilingan.
Rossiya va Sibirda bolalar asrlar davomida Odam Oleariusning sayohatlarida tasvirlanganidek, taverna musiqachilari (skomoroxi) bilan birga raqsga tushayotgan ayiqlar sifatida foydalanilgani uchun qoʻlga olingan. Raqsga tushayotgan ayiqlar Oʻrta asrlardan XIX asrgacha butun Yevropada keng tarqalgan. Ular 2007-yilda Sharqiy Yevropada va Ispaniya koʻchalarida koʻplab topilgan.
Soʻnggi paytlarda tashkilotlar va hayvonlar huquqlari faollari ayiqlarni oʻrgatish uchun qoʻllaniladigan notoʻgʻri munosabat va ular huqularini suiisteʼmol qilinganligini taʼkidlab, ayiqlarni qoʻlga oʻrgatish va majburan raqs tushishga oʻrgatish noqonuniy deb eʼlon qilinda va bunday faoliyat bilan shugʻullanuvchilar faoliyatiga nuqta qoʻyildi.
Fransuz ayiqlarini qoʻlga oʻrgatuvchilar
Raqsga tushuvchi ayiq bilan sayohat XIX asrning oxirida, 1870-1914-yillarda Fransiyada juda mashhur boʻlgaan. Fransiya Pireneyidagi Ariej shahridan 600 dan ortiq erkaklar oʻz uylari yaqinidagi togʻlardan topilgan ayiq bolalarini qoʻlga oʻrgatishdi. Ulardan 200 nafari Liverpul, Glazgo va Belfast portlaridan Nyu-York, Kvebek, Monreal va Galifaks portlariga eltib, Shimoliy Amerikaga sayohat qilgan. Ular erta bahorda uylarini tark etib, Pireney togʻlaridan Fransiya va Angliya orqali piyoda yurib, may yoki iyun oylarida Shimoliy Amerikaga keltirilgan va yoʻlda ular bilan turli tomoshalar oʻtkazib kelingan.
Galereya
Ommaviy madaniyatda
Manbalar
uz.wikipedia.org