Organon




Organon (qadimgi yunoncha: „Ὄργανον“ — „qurol“, „organ“, „uskuna“) — Qadimgi yunon faylasufi Aristotelning mantiqqa oid olti asaridan iborat toʻplami boʻlib, mazkur nom Aristotelning shogirdlari va izdoshlari — Peripatetiklar tomonidan berilgan.

Matnlar tuzilmasi



Asarlarning joylashuv tartibi xronologik emas (garchi buni hozir aniqlash mushkul boʻlsada). Ularni bunday ketma-ketlikda joylashtirishga Aristotelning birinchi shogirdi, Peripatetiklar maktabi yetakchisi Lesboslik Teofrast nomi bilan bogʻliq boʻlib, u bu bilan Organonni izchil tuzilmaga ega asar koʻrinishiga olib kelgan. Darhaqiqat, asar qismlari mantiqqa oid maʼruza qismlarini eslatadi. Shuningdek, asar ketma-ketligi miloddan avvalgi 40-yilda Rodoslik Andronik tomonidan ham ishlab chiqilgan.

Garchi Lotin sxolastikasida Organon asosan ushbu olti qismdan iborat sifatida koʻrilgan boʻlsada, Oʻrta asrlar [[Musulmon olamida mazkur ro'yxatga Aristotelning [[Ritorika va Poetika asarlari ham qo'shilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz