Organik modda




Organik modda - 1) kimyoda -organik birikma, yaʼni uglerodning boshqa elementlar bilan birikishidan hosil boʻlgan birikma; 2) geologiyada — tabiiy organik birikmalarning murakkab aralashmasi; tuproq, dengiz va koʻl choʻkindilari, choʻkindi togʻ jinslari, shuningdek, yer usti va yer osti suvlari tarkibida bir oz miqdorda boʻladi. Organik moddaning bosh manbai, asosan, oʻsimliklardir. Organik moddaning gumus, sapropel va liptobolit xillari bor. Choʻkindi jinslarda oʻrta hisobda 15–20 kg/m3 chamasida boʻladi. Kumir va yonuvchi slanetslarning asosiy massasini tashkil etadi; neft va yonuvchi gazlarning manbai deb hisoblanadi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz