Organellalar




Organellalar yoki organoidlar (yun. organon — organ va eidos — koʻrinish, qiyofa) — hujayraning hayot faoliyati davomida uning maxsus funksiyasining bajarilishini taʼminlovchi doimiy tarkibiy qismlari, yaʼni hujayra organlari. Eukariot hujayralarda xromosomalar, mitoxondriylar, Golji kompleksi, endoplazmatik toʻr, ribosomalar, mikronaychalar, lizosomalar, hayvon qujayralarida sentriollar, mikrofibrillar, oʻsimliklarda plastidalar organoidlar deyiladi. Prokariot hujayralarda koʻpchilik organoidlar boʻlmaydi. Bir xujayralilarning maxsus strukturaviy elementlari, harakatlanish funksiyasini bajaruvchi xivchinlari va kipriklari, ovqat hazm qilish va ayirish vazifasini bajaruvchi vakuollari organellalar deyiladi. Koʻpincha "organoidlar" va "organellalar" terminlari sinonim sifatida qoʻllanadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz