O'rdaklar sarguzashti (2017)
DuckTales Amerika animatsion teleserialidir. Disney Television Animation studiyasi mahsuloti. Serial Scrooge McDuck ismli milliarder oʻrdak va uning oilasining umumjahon boʻylab boshdan kechirgan turli-tuman sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. Voqealar Duckburg (talaffuzi: Dakburg) nomli xayoliy shaharda boʻlib oʻtadi. Serial 1987-yilda ishlangan ayni nomli multserialning rebut versiyasi hisoblanadi.
Serial 2017-yilning 12-avgustida Disney XD telekanalida birinchi marta efirga uzatilgan va 2018-yilgacha berib borilgan. 2018-yilning mayidan 2019-yilning sentabrigacha Disney Channel telekanalida efirga uzatilgan. Keyinchalik, yana Disney XD telekanalida 2021-yilgacha berib borilgan. Bu vaqt davomida serial 3 mavsumga boʻlinib, jami 69 ta qism tayyorlangan. DuckTales tanqidchilar va omma tomonidan xush qarshilangan.
Qismlar
Ovoz berganlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org