Oʻrdaklar sarguzashti
Oʻrdaklar sarguzashti (inglizcha:
DuckTales ) Amerika animatsion teleserialidir. Disney Television Animation studiyasi mahsuloti. Serial 1987-yilning 18-sentabrida Disney Channel telekanalida birinchi marta efirga uzatilgan. Serialning yakuniy qismi 1990-yilning 28-noyabrida efirga uzatilgan. Bu vaqt davomida serial 4 ta mavsumga boʻlinib, hammasi boʻlib 100 qism tayyorlangan. Serial gʻoyasi Carl Barks yaratgan „Uncle Scrooge“ komiksiga asoslangan. Serial boshida yangraydigan mashhur qoʻshiq Mark Mueller tomonidan yozilgan.
Serialdagi voqealar Calisota shtatining Duckburg (talaffuzi: Dakburg) nomli oʻrdaklar shahrida boʻlib oʻtadi. Voqealar markazida Scrooge McDuck ismli milliarder, ammo hasis oʻrdak va uning uch jiyani — Huey, Dewey va Louiening boshdan kechirgan sarguzashtlari yotadi.
Shuningdek, Oʻrdaklar sarguzashti asosida 1990-yilda DuckTales the Movie: Treasure of the Lost Lamp nomli toʻliq metrajli animatsion film ham ishlangan. Bundan tashqari, multserialning 2017—2021-yillarda efirga uzatilgan ayni nomli rebut versiyasi ham ishlangan.
Qismlar
Asosiy qahramonlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org