Oʻrdabasi tumani
Oʻrdabasi tumani — Janubiy Qozogʻiston viloyatining janubiy qismida joylashgan. 1969-yili tashkil topgan. 1993-yilgacha Boʻgen tumani deb nomlanib keldi. Maydoni — 2,726 km². Aholisi 115,856 ming kishi. Tuman markazi — Temirlanovka qishlogʻi. Ordabasi tumanining hududi dala-dashtdan iborat.
Aholisi
Tuma aholisi 2013-yilgi maʼlumot boʻyicha 115,856 kishini tashkil qildi. Tuman aholisining oʻrtacha zichligi 1 km 42,5 kishidan toʻgʻri keladi. Tuman aholisining asosiy qismini qozoqlar tashkil qiladi.
Katta qishloqlari
Iqlimi
Tuman iqlimi keskin kontinental. Qishi qisqa, yozi fasli esa uzoq davom etadi. Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati −3-5 °C, Iyulda 26-28 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 200-380 millimetr.
Ijtimoiy soha
Tumanda 66 ta maktab faoliyat yuritadi, uning 37 oʻrta, 12 asosiy, 17 boshlangʻich maktablar. Oʻquvchilar soni — 22212.
Tumanda 21 sport zal faoliyat yuritmoqda. D.Qoʻnaev nomidagi dam olish lageridagi suzish basseyni va standartga mos 1500 — kishilik stadioni bor.
Manbalar
uz.wikipedia.org