Oqtumshuq burni




Oqtumshuq burni - Orol dengizining gʻarbiy sohilida, Ustyurt platosining sharqida joylashgan burun. Oqtumshuq koʻtarilmalar zonasi Kassarma antiklinalining eng baland joyida tektonik, denudatsion va abrazion jarayonlar natijasida vujudga kelgan. Yuqori boʻr va eotsenning kulrang, oqsariq ohaktosh va gillaridan tashkil topgan. Dengizga ancha kirib borib, dengiz suvi yuzasidan tik koʻtarilgan. Yon bagʻirlarida surilma izlari saklangan. Yuzasida jarliklar va karst boʻshliklari bor. Iklimi keskin kontinental. Yilning oʻrtacha temperaturasi 9,2°, yanvarniki —8, iyulniki 26°. Yillik yogʻin miqdori 100–122 mm. Tuprogʻi surqoʻngʻir, oʻsimligi siyrak; shuvoq, qirqboʻgʻin, kavrak va boshqa oʻsimliklar oʻsadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz