Oqtosh sanatoriysi




"OQTOSH" SANATORIYSI - Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Oqtosh qishlogʻidagi togʻ ikdimiy kurort. Toshkent shahridan 65 km, Gʻazalkent shahridan 10 km masofada, dengiz sathidan 1140 m balandlikda joylashgan (Gʻarbiy Tyanshan — Qorjontovning pastki qismi). Maydoni 8,5 ga. Tarixiy manbalarga koʻra, sanatoriy hududida dastlab geologlar yashab togʻ qidiruv ishlarini olib borishgan. 1936-yil silga aloqasi boʻlmagan nafas aʼzolari hamda nerv sistemasi kasalliklari bilan ogrigan kishilar davolanadigan sanatoriy tashkil etilgan. 1942—45 yillar sanatoriy koʻkrak qafasi jarohatlanganlar uchun harbiy gospital boʻlgan. Hozirgi nafas aʼzolari kasalliklari, asosan, bronxial astma bilan ogʻrigan bemorlar davolanadi. Sanatoriy yaxshi koʻkalamzorlashtirilgan, atrofi keng bargli oʻrmonlar bilan oʻralgan (yongʻoq, pista, bodom va boshqa oʻsadi). Iqlimi moʻʼtadil kontinental: qishi yumshoq, yozi issiq, yanvarning oʻrtacha temperaturasi —2°, iyulniki 35°, nisbiy namlik 55%, quyoshli kunlar davomiyligi yiliga 2550 soat. Davolash omili — kislorodga va shifobaxsh efir moylariga boy musaffo togʻ havosi. Togʻ daryolaridan keladigan tabiiy gidro ionlanish kelib chiqishi jihatidan nospetsifik nafas aʼzolari xastaliklariga shifobaxsh taʼsir etadi. Davolash kompleksi fizioterapiya, sunʼiy vannalar (ignabargli, tuzli), sauna, parafin va ozokerit bilan davolash, massaj, davo fizkulturasi, terrenkur, maqsadga muvofiq ovqatla-nishdan iborat. Sanatoriyda sharq tabobati — giyoxlar bilan davolashda keng foydalaniladi. 100 (yezda 126) oʻringa moʻljallangan yotoq korpuslari (bir va ikki oʻrinli), 4 ta oilaviy kottej, klub, kutubxona, sport maydonchalari mavjud (2003). Bolalar va ota-onalari uchun yil boʻyi ishlaydigan boʻlim ham bor (1999-yildan). Sanatoriyning kirish darvozasi ark uslubida qurilgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Oqtosh sanatoriysi haqida batafsil ma'lumot:

Oqtosh sanatoriysi O‘zbekistonning mashhur dam olish va sog‘lomlashtirish muassasalaridan biridir. Bu sanatoriy Afg‘oniston va Tojikiston chegaralariga yaqin joylashgan bo‘lib, asosan tog‘li hududda joylashgani sababli toza havo, tabiiy manzaralar va shifobaxsh tabiat muhitini taqdim etadi.

Sanatoriyda turli kasalliklarni davolash uchun zamonaviy tibbiy uskunalar va malakali mutaxassislar mavjud. Odatda, bu yerda yurak-qon tomir kasalliklari, nafas yo‘llari kasalliklari, oshqozon-ichak trakti muammolari va nevrologik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlar davolanadi. Bundan tashqari, sog‘lomlashtirish va regeneratsiya dasturlari ham ishlanadi.

Oqtosh sanatoriysi turizm va dam olish imkoniyatlarini ham taklif etadi. Mehmonlar uchun qulay turar joy, sport maydonchalari, basseynlar va boshqa ko‘ngilochar joylar mavjud. Bu joy bolalar, oila bilan kelgan odamlar va yolg‘iz sayohatchilar uchun ham mos keladi.

Sanatoriyning geografik joylashuvi va tabiiy shifobaxsh manbalari, jumladan mineral suv va changaloq havosi, Oqtoshni sog‘lomlashtirish markazi sifatida ajralib turadi. Shuningdek, yillik mavsumlarga qarab turli festivallar va madaniy tadbirlar ham o‘tkaziladi.

Umuman olganda, Oqtosh sanatoriysi O‘zbekistonning sog‘liqni saqlash va dam olish sohasida muhim o‘rin tutadi va u yerga kelgan odamlar nafaqat jismonan, balki ruhiy tomondan ham o‘zlarini yangilash imkoniyatiga ega bo‘ladi.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz