Oqtosh
Oqtosh — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyati Narpay tumanidagi shahar, tuman markazi. Viloyatning janubi-gʻarbida joylashgan. Narpay tuman markazi. 1967-yil 31-sentabrda tashkil etilgan. Zirabuloq temir yoʻl stansiyasi mavjud. Oqtosh shahri Samarqand shahridan 133 km gʻarbda joylashgan. Aholisi 35 ming kishiga yaqin (2003), asosan, o`zbeklar, shuningdek, rus, tatar, tojik, qozoq, ukrain, koreys, yahudiy va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shaharda 15 ta umumiy taʼlim maktabi, 2 ta kasb-hunar kolleji, 2 ta avtokorxona, paxta tozalash zavodi, «Oqtoshdon», «Oqtoshnon», «Salomatlik» aksiyadorlik jamiyatlari, «Zarafshon» firmasi, Zirabuloq tajriba sinov zavodi, MTP, Zirabuloq magistral gaz yoʻllaridan foydalanish boshqarmasi, 4 ta bank, 2 ta bozor, 2 ta klub, tuman markaziy madaniyat uyi, 8 ta kutubxona, madaniyat va istirohat bog`i, markaziy kasalxona, kattalar va bolalar poliklinikalari, dorixonalar va boshqa savdo, madaniy-maishiy shaxobchalar bor.
Tarixi
Oqtosh qadimdan oʻzining "Zirabuloq" nomi bilan maʼlum va mashhurdir. Qadim tarix zarvaraqlarida bayon etilishicha hozirgi Oqtosh shahri oʻrnida qadimgi Arbinjon shahri xarobalari joylashgan.
Iqlimi
Iqlimining alohida xususiyatlari: issiq va yorugʻ kunlari koʻp, iqlimi quruq va kontinental, qishi yumshoq, yoz esa issiq va quruq. Iyul oyida kunduzi oʻrtacha harorat +34 °C, kechalari +18 °C gacha, yanvarda kunduzlari oʻrtacha +7 °C dan kechalari −4 °C gacha boʻladi.
Manba
Havolalar
Manbalar
uz.wikipedia.org