Oqtepa ges




Oqtepa ges , Yoʻldosh Oxunboboyev nomidagi Oqtepa gidroelektr stansiyasi — Oʻzbeki-stonda dastlabki qurilgan gidro-elektr stansiya. "Oʻzbekenergiya" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining "Toshkent GESlari kaskadi" shoʻʼba korxo-nasi tarkibida. Chirchiq — Boʻzsuv suv traktining oʻrta qismida joylashgan (Toshkent shahrida). 1935-yil 2-maydan qurila boshlagan. Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan qurilish vaqtincha toʻxtatib qoʻyilgan. GES qurilishida Toshkent shahrining aholisi hashar yoʻli bilan faol qatnashdi. Stan-siyada bitta 15 ming kVt li agregat oʻrnatilgan. Toshkent shahri va Toshkent viloyati isteʼmolchilariga elektr energiyasi yetkazib beradi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz