Oqtepa (futbol klubi)




Oqtepa futbol klubi  — Toshkent shahridagi oʻzbek futbol klubi. 2000-yilda asos solingan jamoa hozirda Oʻzbekiston „A“ Pro-Ligasi oʻyinlarida ishtirok etmoqda.

Tarixi



„Oqtepa“ futbol klubi 2000-yilda Gʻanisher Shogʻulomov tomonidan tashkil etilgan. 2000—2005-yillarda Oʻzbekiston Ikkinchi ligasida oʻynagan, Rustam Hamdamov esa jamoaga bosh murabbiylik qilgan.

2005-yilda Ikkinchi liganing final bosqichida oʻz guruhida gʻalaba qozondi va Birinchi ligada oʻynash huquqini beruvchi oʻtish turniriga kirdi.

2006-yilda „Oqtepa“ Birinchi ligada debyut qildi va jamoani birdaniga 2 nafar murabbiy — Nizom Nortojiev va Otabek Mansurov boshqarib, uni 11-oʻringa olib chiqdi.

2007-yilgi mavsumda Otabek Mansurov klubning yagona bosh murabbiyi boʻlib qoldi va uni 7-oʻringa koʻtardi. 2008-yilda esa jamoani u bilan birga 6-oʻrinni egallagan Ravil Imomov boshqargan.

Bir necha sabablarga koʻra „Oqtepa“ keyingi yili Birinchi ligada ishtirok eta olmadi. Ammo 2010-yilgi mavsumda u oʻz oldiga yuqori maqsadlar qoʻyib, ushbu divizionga qaytdi.

Jamoaga Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksey Yevstafeyev yordamchisi — Aleksandr Mochinov taklif etildi, lekin u bilan „Oqtepa“ bor-yoʻgʻi 11-oʻrinni egalladi.

2011-yilda Mochinov oʻz ishini davom ettirdi, ammo yakunida jamoa 16-oʻringa tushib ketdi. Bu natijalar klub rahbariyatini qoniqtirmadi va mutaxassis egallab turgan lavozimidan chetlatildi.

2012-yilda jamoa boshqaruvi Vohid Xolboev qoʻliga oʻtdi, lekin u futbolchilarga ishonch bera olmadi va mavsum oxirigacha jamoaga Farhod Abdurasulov murabbiylik qildi. Natijada jamoa 8-oʻrinni egalladi.

2013-yilgi mavsumda „Oqtepa“ ning sobiq futbolchisi Aleksandr Tokov klub murabbiyi boʻldi va u 10-oʻrinni egalladi.

2014-yil boshida Aleksandr Mochinov yana klubga bosh murabbiy etib tayinlandi, biroq u 1-bosqichda isteʼfoga chiqdi. 2-turga qadar jamoani tajribali murabbiy Furqat Esanboev boshqardi.

2-bosqichdan esa bu lavozim Ildar Sakayevga ishonib topshirildi. 2014-yilgi mavsumda „Oqtepa“ Birinchi ligada 4-oʻrinni, keyin esa 2-oʻrinni egalladi (bu klub tarixidagi eng yuqori oʻrin).

Klub ramzlari




Mahalliy tarix




Stadion va baza



„Oqtepa“ oʻz uy uchrashuvlarini Toshkentdagi Oqtepa massividagi stadionda oʻtkazadi. Futbol maydonining oʻlchamlari — 105x68 metr.

2012-yilgacha maydon tabiiy qoplamaga ega edi, ammo klub rahbariyati tashabbusi bilan keyin sunʼiy qoplama yotqizildi.

Klub boshqaruvi




Murabbiylar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz