Oqsuvkent




Oqsuvkent qishlogʻi  — Janubiy Qozog'iston viloyati Sayram tumanining eng katta qishloqlaridan biri hisoblanadi. Sayram tumanining ma'muriy markazi. Aholi soni 34 366 (2012). Oqsuvkent koʻp millatli qishloq hisoblanadi va bu qishloqdan Oqsuv daryosi oqib oʻtadi. Oqsuvkent qishlogʻi viloyat markazi sanalmish Chimkent shahridan 27 km uzoqlikda joylashgan. Qishloqning avvalgi nomlari — Belie Vodi, keyinroq — Oqsu, hozirgi nomi esa — Oqsuvkent

Iqtisodiyot



Oqsuvkentda Kengash Ittifoqi davridan qolgan Mashinasozlar zavodi faoliyat yuritmoqda, shuningdek bu qishloqda oʻsimlik moyi va musallas (vino) tsexlari ham faoliyat yuritadi.

Ijtimoiy soha



Oqsuvkent qishlogʻida:

Maktablari




Tarixi



Oqsuvkent qishlogʻi (avvalgi nomi Belavod) toʻngʻich uylar XVII asrda paydo boʻla boshladi. Rossiya — oʻz taʼsirini kuchaytirish maqsadida ichki viloyatlardan, Ukraina va Belarusiyadan odamlarni koʻchirishga imkoniyatining boricha kirishdi. Ularning bir guruhi oʻsha hududlarga joylashtirildi. 1917-yilda Kambagʻallar qoʻmitasi tashkil topdi va hokimyatni oʻz qoʻliga oldi. Yangi hokimiyat organlari boylarning yeri va molu-mulklarini privatizac’iyalashga kirishdi.

1919-yili Belavod qishlogʻida ilk artel tashkil topdi. 1935-yili tumanga Sayram nomi berilib, Oqsuv qishlogʻi uning maʼmuriy markazi boʻldi. Toʻngʻich kolxoz „Oqsuv“ 1930-yili tashkil etildi. Davlat tomonidan kolxozga 1000 g er boʻlinib, unga asosan bashoqli ekinlar ekildi. 1957-yili Oqsuv ,Qorasuv, Qizilsuv, Chapaev, Qizilqistau, Novasyolovka, Nikolaevka, Beskepe, Oqboy, qishloqlarining kichik xoʻjaliklari birlashtirilib katta „Pobeda“ kolxozi tashkillashtirildi. Uning tarixida boshliqlar — Stepan Platonovich Karpenko va Gennadiy Nikolaevich Vasilevlar katta hissalarini qoʻshdilar. „Pobeda“ millioner kolxozga aylandi

Iqlimi




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz