Oqsuv tumani
Oqsuv tumani — Almati viloyatining shimoli-sharqiy qismida joylashgan maʼmuriy hudud. Maydoni 12,6 ming km. Aholisi 40,4 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km-ga 3,2 kishidan toʻgʻri keladi (2013). tumanning maʼmuriy markazi — Jansugurov qishlogʻi.
Aholisi
Tuman aholisi 2010-yilgi maʼlumot boʻyicha 36 649 kishini tashkil qildi. Tuman aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:
Geografiyasi
Tumanning sharqiy qismi Xitoy bilan, qolgan qismlari viloyatning Sarqant, Alakoʻl, Qaratal tumanlari bilan chegaradosh. Katta daryolari: Buyen, Burgʻan, Sarqan, Qorasuv, Qapal, Qizilagʻsh.
Iqlimi
Oqsuv tumanining iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −10 — 15 °C, iyulmiki 20 — 23 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori tekisliklarda 150 – 250 mm, togʻli hududlarda 400 – 600 mm.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org