Oqsoy koʻchasi (Toshkent)




Oqsoy koʻchasi  — Shayxontohur tumanining „Koʻkcha“ mahallasi hududida. Mannon Uygʻur koʻchasi bilan Oqsoy 4-tor koʻchasi oraligʻida joylashgan. Uzunligi 1,5 km atrofida. Tarkibida 5 ta tor koʻcha mavjud. Qoʻrgʻoncha koʻchasi bilan kesishgan.

XX asrning 50-yillarida tashkil topgan. 1958-yil 23-iyunda Oqsoy, 1974-yil 28-iyunda Rixsi Saxiboev nomi berilgan. 2006-yil 16-yanvardan joyning tarixiy nomi sifatida Oqsoy nomi qayta qoʻyilgan.

Yoʻnalishida Shayx Zayniddin bobo jome masjidi, Koʻkcha arigʻi, savdo shoxobchalari, dorixona, 40-maktab, mahalla idorasi, choyxona va shaxsiy turar joy binolari joylashgan. Yaqinida „Islomobod“ guzari va boshqa bor.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz