Oqsoqotasoy
Oqsoqotasoy — Toshkent viloyatidagi soy. Chirchiqning yirik chap irmogʻi. Chatqol togʻ tizmasining janubi-gʻarbidan boshlanib, Barraj yaqinida Chirchiqqa quyiladi. Uz. 48 km, havzasining maydoni 453 km². Suv yigʻilish maydonining oʻrtacha balandligi 1840 m. Yuqori qismida tor, chuqur vodiydan oqadi. Chirchiq vodiysi tekisligiga chiqiladigan quyi qismida esa daryo vodiysi kengayadi. Eng yirik irmoqlari: Beldorsoy va Nurakotasoy. Qor-yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Toʻlin suv davri aprel—iyunda, eng katta suv sarfi esa may oyida kuzatiladi. Iyul — oktabrda suvi kamayadi. Oʻrtacha oqim moduli 14l/ sek. km². Eng koʻp suv sarfi 72,1 m³/sek., eng kam suv sarfi 1,1 m³/sek.
Galereya
Manbalar
uz.wikipedia.org