Oqsoqolotasoy




Oqsoqolotasoy  — Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi soy. Krratogʻning jan. yon bagʻridan boshlanuvchi Qoramachitsoy va Gumassoylarning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Uz. 33 km, havzasining maydoni 20,6 km². Oqsoqolotasoy jan. va jan.-gʻarbga oqib, Polvonota qishlogʻi yaqinida Qahramon kanaliga quyiladi. Qor, yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yilik suv sarfi 0,03m³/ sek., oqim moduli 1,7 l/sek, km². Ir-moqlarining umumiy uz. 50 km, eng yirigi Labiarab (16 km). Bahorda sel keladi. Oqsoqolotasoydan Xatirchi tumanidagi xoʻjaliklar yerlari sugʻoriladi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz