Oqsim
Oqsil kasalligi yoki
Protainopatiyalar oqsim, yashchur — asosan, juft tuyoqli hayvonlarda shiddatli oʻtadigan yuqumli kasallik. Hayvonlarning ogʻiz-burun, tuyoq va yelin terisi epiteliylarida pufakchalar hosil boʻladi. O. odamlarga ham yuqishi mumkin. Kasallangan hayvonlar suti kamayadi, ozib ketadi, bola tashlaydi: 50—70% oʻladi. Oqsil kasalligi Osiyo va Afrika mamlakatlarida koʻp uchraydi.
Qoʻzgʻatuvchisi — filtrlanuvchi virus; u 1897-yil Leffler va Frosh tomonidan aniklangan. Hozirgi vaqtda immunologik xossalariga koʻra, 7 xili va koʻpgina variantlari aniqdangan. O. xili — 13, S xili — 5, SAT-1—7, CAT-2 xili — 3, SAT-3 xili —4 va Osiyo -1 xili esa 2 variantda mavjud. Viruslar tashqi muhit taʼsiriga chidamli, ajralib tushgan teri epiteliylarida 67 kun, axlat va siydikda 39 kun, muzlagan goʻshtda 680 kun, koʻlmak suvda 103 kun oʻz xususiyatini saqlaydi. Sovuq uncha taʼsir qilmaydi, yuqori haroratda tez oʻladi, oʻyuvchi ishqor va formaldegid kuchli taʼsir etadi.
Kasallik hayvondan ogʻiz, jarohatlangan teri va shilimshiq pardalar orqali yuqadi hamda 2—3 oylik buzoqlar, qoʻzilar va choʻchqa bolalarida, koʻpincha, ogʻir, epizootik yoki panzootik koʻrinishda oʻtadi.
Virus organizmga tushib, teri epiteliysida rivojlanadi va shu joyni yalligʻlantiradi; keyinchalik qonga oʻtib, septitsemiya avj oladi. Kasallikning tipik va xavfli (atipik) koʻri-nishlari bor. Tipik koʻrinishda soʻlak ajralishi kuchayadi, kavsh qaytarish susayadi va tana harorati 40,5—41,5°gacha koʻtariladi. Kasallikning 2—3 kuni ogʻiz boʻshligʻining shilimshiq pardalarida, tuyoq oraligʻi va yelin terisi epiteliysida pufakchalar vujudga keladi. Keyinchalik ular yorilib, erozi-yalar paydo boʻladi, hayvon oqsaydi, tuyogʻi tushishi mumkin. Mastitlar, en-dometritlar rivojlanadi. Yosh buzoqlarda shiddatli gastroenterit paydo boʻlib, koʻpincha, oʻlim bilan tugaydi. Xavfli koʻrinish, koʻpincha, tipik koʻrinishning davomi boʻlib, tuzala boshlashning 7—10-kunida birdaniga hayvon holati ogʻirlashadi, yurak fala-ji natijasida 20—50% hayvon oʻladi.
Kurash choralari: ogʻiz jarohatlari kaliy permanganat, furatsillin eritmalari bilan chayib turiladi. Tuyoq jarohatlari formalin eritma-si, yod nastoykasi yoki kaliy perman-ganat-streptotsid aralashmasi, yelin jarohatlari esa antiseptik mazlar bilan davolanadi.
Oldini olish: karantin eʼlon qilinadi, faol va passiv immunizatsiya tashkil etiladi, kasal hayvonlar sogʻlomlaridan ajratib davolanadi. Molxonalar har kuni dezinfeksiya qilinadi. Dezinfeksiya uchun 1% formaldegid eritmasi tavsiya etiladi. Goʻng biotermik yoʻl bilan zararsizlantiriladi. Shunday xayvonlarning goʻsht va sut mahsulotlarini qaynatib isteʼmol qilish mumkin. Odamlar Oqsil kasalligi bilan juda kam kasallanadi. Ularga Oqsil kasalligi kasal hayvonlar orqali, xom sut isteʼ-mol qilganda yuqishi mumkin.
Muhsin Hasanov, Ermuhammad Toshpoʻlatov.
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Oqsim - bu inson qonidagi oqsillarni o‘lchashga qaratilgan tibbiy ko‘rsatkichdir. Qon oqsillari asosan albumin va globulinlardan iborat bo‘lib, ular organizmning turli funksiyalarini bajarishda muhim ahamiyatga ega.
Oqsimning turlari:
-
Albumin
Albumin qonda eng ko‘p uchraydigan oqsil bo‘lib, u qon bosimini saqlash, suyuqliklarni to‘g‘ri taqsimlash va moddalar tashilishini ta'minlashda muhim rol o‘ynaydi.
-
Globulinlar
Globulinlar immunitet tizimining faoliyatida ishtirok etadi, shuningdek, qonning pH darajasini va qonning qalinligini tartibga soladi.
Oqsim miqdori nima uchun muhim?
Qondagi oqsil miqdori organizmning umumiy salomatligi va turli kasalliklarning borligini ko‘rsatishi mumkin. Masalan, oqsil miqdorining pasayishi oshqozon-ichak kasalliklari, buyrak kasalliklari yoki ovqat hazm qilish muammolaridan dalolat beradi. Aksincha, oqsil miqdorining yuqoriligi yallig‘lanish jarayonlari yoki ba'zi infektsiyalarni ko‘rsatadi.
Oqsimni o‘lchash qanday amalga oshiriladi?
Oqsim miqdorini aniqlash uchun qon tahlili olinadi. Ushbu tahlil yordamida umumiy oqsil miqdori, shuningdek, albumin va globulin nisbatlari aniqlanadi.
Normativ ko‘rsatkichlar
Odatda, qonda umumiy oqsil miqdori 60-80 g/l (6-8 g/dl) oraliğida bo‘lishi kerak. Albuminning normal qiymati taxminan 35-50 g/l, globulin esa 20-35 g/l atrofida bo‘ladi.
Oqsim ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi va uning sabablari
Xulosa
Qondagi oqsil darajasi inson salomatligi haqida muhim ma'lumot beradi va ko‘plab kasalliklarni oldindan aniqlashda yordam beradi. Agar qon oqsilining darajasi normal oraliqdan chiqqan bo‘lsa, shifokor qo‘shimcha tekshiruvlarni tavsiya qiladi va tegishli davolash usullarini belgilaydi.
Agar sizda qo‘shimcha savollar bo‘lsa yoki aniq bir jihat haqida batafsil ma'lumot kerak bo‘lsa, bemalol so‘rashingiz mumkin.